Kann kinofestivalida ilk bor O‘zbekiston Milliy paviloni ochildi

© AFP 2023 / Antonin THUILLIERKrasnaya dorojka Kannskogo kinofestivalya: potselui, naradi i Vudi Allen
Krasnaya dorojka Kannskogo kinofestivalya: potselui, naradi i Vudi Allen - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pavilonda festival ishtirokchilari va mehmonlariga O‘zbekistonning turistik salohiyati, film suratga olish uchun imkoniyatlar namoyish etiladi.

TOShKENT, 9-may — Sputnik. 8-19 may kunlari bo‘lib o‘tadigan 71-Kann xalqaro kinofestivali doirasida ilk bor O‘zbekiston paviloni tashkil etildi, deb xabar berdi Kinematografiyani rivojlantirish markazi.

Rejisser, akter i ssenarist Rashid Malikov - Sputnik O‘zbekiston
"Sabot": O‘zbekiston kinosining Rossiyaga zafarli qaytishi

Dunyoning 58 ta mamlakati milliy pavilonlari qatoridan joy olgan O‘zbekiston paviloni 8-may kuni o‘z eshiklarini dunyoning barcha mamlakatlaridan tashrif buyurgan kino vakillariga ochdi.

Pavilonda festival ishtirokchilari va mehmonlariga O‘zbekistonning turistik salohiyati, film suratga olish uchun imkoniyatlar namoyish etiladi. Shuningdek, xalqaro maqomini olgan va shu yil oktabrda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan PROlogue festivali taqdimoti ham o‘tkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0