Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev oʻtganlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi

© Press slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev pochtil pamyat pavshix
Prezident Shavkat Mirziyoyev pochtil pamyat pavshix - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston rahbari dastlab Xotira maydoniga tashrif buyurib, Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qoʻydi.

TOSHKENT, 9 may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 may — Xotira va Qadrlash munosabati bilan Toshkent shahrida boʻlib oʻtayotgan bayram tadbirlarida ishtirok etmoqda, deb xabar berdi prezident matbuot xizmati.

Prazdnichnыy salyut v chest Dnya Pobedы - Sputnik Oʻzbekiston
9 may kuni Toshkentdagi Milliy bogʻdan bayram salyuti otiladi

Oʻzbekiston rahbari dastlab Xotira maydoniga tashrif buyurib, Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qoʻydi. Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

"Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan mukofotlar topshirildi. Ularning oʻzlari jang qilgan mamlakatlarga borib-kelishi, sanatoriylarda bepul dam olishi uchun sharoit yaratildi", — deyiladi xabarda.

Shuningdek, Ikkinchi jahon urushi va front ortida mehnat qilgan faxriylarga, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oila aʼzolariga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatildi.

Bugun ushbu tarixiy sana munosabati bilan joylarda bayram tadbirlari boʻlib oʻtmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala