Toshkentdagi 9 may tadbirida diktor Levitanning 1941 yildagi murojaati jarangladi

© Foto : TVTSDiktor Vsesoyuznogo radio Yuriy Levitan
Diktor Vsesoyuznogo radio Yuriy Levitan - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkent shahridagi Botanika bogʻida Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 73 yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbirda mashhur suxandon Yuriy Levitanning urush boshlangani toʻgʻrisidagi eʼloni jarang topdi

TOSHKENT, 9 may — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Toshkentdagi 9 may bayramiga bagʻishlangan tadbir davomida mashhur suxandon Yuriy Levitanning 1941 yil 22 iyundagi — urush boshlangani va tadbir oʻrtasida 1945 yil 8 maydagi — SSSR fashistlar ustidan gʻalaba qozongani toʻgʻrisidagi eʼlonni oʻqigan ovozi jarang topdi.

Vrag budet razbit - obʼyavleniye Levitana o nachale voynы 22 iyunya 1941 goda

Bugun Toshkentdagi Botanika bogʻida Xotira va Qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaning 73 yilligiga bagʻishlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Bogʻda Ikkinchi jahon urushi muhiti vujudga keltirilgan edi.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSoldatы na privale, prazdnovaniye 9 maya. Botanicheskiy sad, Tashkent
Soldatы na privale, prazdnovaniye 9 maya. Botanicheskiy sad, Tashkent - Sputnik Oʻzbekiston
Soldatы na privale, prazdnovaniye 9 maya. Botanicheskiy sad, Tashkent

Bogʻning mehmonlar uchun dasturxon bezatilgan qismida sahna yasalgan va uning ortidagi ulkan monitor orqali oʻzbek xalqining urush yillarida koʻrsatgan tengsiz qahramonliklari aks ettirilgan arxiv lavhalar namoyish etildi.

Tadbir davomida Oʻzbekiston sanʼat arbobi Turob Toʻlaning "Ona monologi" yangradi. Shuningdek, Hamid Olimjonning "Fashizm balosi", Zulfiyaning "Jangga ketgan oʻgʻilga", Gʻafur Gʻulomning "Sen yetim emassan" sheʼrlarining mualliflardan yozib olingan parchalari eshittirildi.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNarodnыy artist Uzbekistana Farrux Zakirov na torjestvax v chest 9 maya
Narodnыy artist Uzbekistana Farrux Zakirov na torjestvax v chest 9 maya - Sputnik Oʻzbekiston
Narodnыy artist Uzbekistana Farrux Zakirov na torjestvax v chest 9 maya

Turob Toʻlaning "Qasos olamiz", Kamtarning "Frontdan xat", Habibiyning "Koʻrgum kelur", Gʻafur Gʻulomning "Yigit omon boʻlsa", Konstantin Simonovning "Jdi menya", Yakov Galitskiyning "Siniy platochek" sheʼrlariga bastalangan qoʻshiqlar yangradi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala