Shomahmudovlar oilasiga qoʻyilgan yodgorlik tarixiy joyiga toʻldirilib qaytarildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPamyatnik semye Shamaxmudova vernulsya na istoricheskoye mesto
Pamyatnik semye Shamaxmudova vernulsya na istoricheskoye mesto - Sputnik Oʻzbekiston
Haqiqiy insonparvarlik timsoli boʻlib qolgan oila sharafiga qoʻyilgan yodgorlik majmuasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

TOSHKENT, 9 may — Sputnik. Ikkinchi jahon urushi yillarida oʻzbek xalqiga xos insonparvarlik fazilatini namoyon etgan va turli millatga mansub 14 nafar bolakaylarni asrab olgan toshkentlik temirchi — Shoahmad Shomahmudovlar oilasi sharafiga qoʻyilgan yodgorlik majmuasi oʻzining tarixiy joyiga — Toshkent shahri markaziga qaytarildi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovOtrestavrirovannaya ploщad "Drujba Narodov"
Otrestavrirovannaya ploщad Drujba Narodov - Sputnik Oʻzbekiston
Otrestavrirovannaya ploщad "Drujba Narodov"

Xalqaro press-klub rahbari Sherzod Qudratxoʻjayevga koʻra, Oʻzbekiston prezidenti tomonidan Xalqlar Doʻstligi majmuasiga oʻzining tarixiy nomini qaytarish va bu yerda Shomahmudovlar yodgorlik majmuasini qayta tiklash topshirigʻi berilgach, ushbu vazifa 12 kun ichida bajarilgan.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovJiteli Tashkenta gulyayut okolo pamyatnika semye Shamoxmudovыm
Jiteli Tashkenta gulyayut okolo pamyatnika semye Shamoxmudovыm - Sputnik Oʻzbekiston
Jiteli Tashkenta gulyayut okolo pamyatnika semye Shamoxmudovыm

Xalqlar Doʻstligi maydonida amalga oshirilgan qayta obodonlashtirish ishlarida har kuni 1200 dan ortiq kishi qatnashgan.

Hozirda maydon tamomila yangicha koʻrinishga kelgan. Yangi favvoralar qurilib, ishga tushirilgan. Chiroqlar oʻrnatilgan.

Pamyatnik semye Shamaxmudovыx - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shomahmudovlar oilasidan kimlar hayot? Mashhur xonadondan reportaj

Shuningdek, Shomahmudovlar yodgorlik majmuasiga qoʻshimcha sayqal berilgan. Yodgorlik majmuasiga temirchi ustaning yoʻqolib qolgan bolgʻa va sandoni namunasi yasatilib qayta qoʻshilgan. Shuningdek temirchining oilasida oʻsha vaqtda ishlatigan gilamning yoʻqolib ketgan parchalari ham bronzadan yasalib yodgorlik poyiga toʻshalgan.

Oʻzbekiston prezidenti 9 may bayrami tadbirida soʻzlagan nutqida nima uchun Shomahmudovlar oilasiga qoʻyilgan yodgorlik oʻzining tarixiy joyiga qaytarilganligi borasida ham toʻxtalib oʻtdi.

"Keyingi paytda jamoatchiligimiz tomonidan bildirilgan koʻplab murojaatlarni hisobga olib, biz Shoahmad Shomahmudov oilasiga qoʻyilgan haykalni Toshkent shahri markazidagi avvalgi joyiga qaytarishga qaror qildik", — dedi prezident.

Shuningdek, ushbu yodgorlik yonida joylashgan markaziy koʻchalardan biriga Shoahmad Shomahmudov nomi berildi. Shuningdek, haykal oʻrnatilgan maydon, shu hududdagi metro stantsiyasi, sanʼat saroyining "Xalqlar doʻstligi" degan avvalgi nomi qayta tiklandi.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovStantsiya metro "Drujbы narodov"
Stantsiya metro Drujbы narodov - Sputnik Oʻzbekiston
Stantsiya metro "Drujbы narodov"

"Albatta, bunday qaror chuqur asosga ega. Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ziyod millat va elat vakillari doʻstlik, oʻzaro hurmat muhitida tinch-totuv yashamoqda. Ishonchim komil, Oʻzbekiston poytaxti markazida qayta tiklangan majmua azaldan xalqimizga xos boʻlgan, tobora mustahkamlanib borayotgan bagʻrikenglik va hamjihatlik, saxovat va olijanoblik fazilatlarining yorqin timsoli boʻlib qoladi", — deya ishonch bildirdi Mirziyoyev.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala