Oʻzbekiston prezidenti "ham farz, ham qarz" boʻlgan ishni eslatib oʻtdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkentda oʻzgacha ruhda nishonlangan bayram tadbirida Oʻzbekiston prezidenti Vatan tinchligi yoʻlida oʻz jonini ayamagan qahramonlarning barchasini shaxsan bagʻriga bosib, tabrikladi

TOSHKENT, 9 may — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. "Fashizmga qarshi kurashda halok boʻlgan minglab vatandoshlarimizning soʻnmas xotirasini yod etib, ularning ruhi poklariga hurmat bajo keltirish — ham qarz, ham farz", — dedi Toshkentdagi Botanika bogʻida boʻlib oʻtgan 9 mayga bagʻishlangan bayram tadbirida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrezident Uzbekistana pozdravlyayet veterana Vtoroy mirovoy voynы
Prezident Uzbekistana pozdravlyayet veterana Vtoroy mirovoy voynы - Sputnik Oʻzbekiston
Prezident Uzbekistana pozdravlyayet veterana Vtoroy mirovoy voynы

"Bugun jonajon Vatanimizda 9 may — Xotira va qadrlash kuni, Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk Gʻalabaning 73 yilligi keng nishonlanmoqda. Ana shu qutlugʻ ayyom bilan sizlarni, sizlar orqali koʻp millatli butun xalqimizni chin qalbimdan muborakbod etaman. Barchangizga oʻzimning chuqur hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni bildiraman.

Siz, azizlarni biz fashizmga qarshi mardona kurashgan, buyuk Gʻalabaga beqiyos hissa qoʻshgan, Vatanimizning haqiqiy qahramonlari, deb bilamiz va sizlar bilan cheksiz faxrlanamiz. Sizlarning bugun oramizda mana shunday nuroniy boʻlib, duogoʻy boʻlib yurishlaringiz biz uchun, albatta, katta baxt, katta davlatdir", — dedi prezident.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVeteranы voynы tantsuyut na prazdnike 9 maya v Tashkente
Veteranы voynы tantsuyut na prazdnike 9 maya v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Veteranы voynы tantsuyut na prazdnike 9 maya v Tashkente

Mirziyoyev tadbir davomida veteranlar va front faxriylari oʻtirgan dasturxonlarni aylanib, nuroniylarning har birini bagʻriga bosib, ularni shaxsan tabriklab chiqdi.

Ikkinchi jahon urushi arafasida Oʻzbekistonda 6,5 million aholi yashagan boʻlsa, shundan 1 million 500 mingdan ziyodi frontga safarbar etilgan. Bu oʻsha paytdagi Oʻzbekiston xalqining 22 %ini, mehnatga yaroqli aholining esa 40-42 %ini tashkil etardi.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVxod na territoriyu Botanicheskogo sada v Tashkente
Vxod na territoriyu Botanicheskogo sada v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Vxod na territoriyu Botanicheskogo sada v Tashkente

Urushda oʻzbekistonlik jangchilardan 500 mingdan koʻprogʻi — frontga safarbar etilganlarning har uchtasidan biri halok boʻldi, 60 mingdan ortiq hamyurtimiz nogiron boʻlib qaytdi.

Urushda qatnashgan 120 mingdan ortiq Oʻzbekiston farzandi jangovar orden va medallarga sazovor boʻlgan. Ularning 280 nafari Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan, 82 nafari esa uchala darajadagi "Slava" ordeni bilan mukofotlangan.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev obnimayet veterana Vtoroy mirovoy voynы - Sputnik Oʻzbekiston
Veteranlar raqsi, prezidentdan syurpriz va oʻzbek xalqining maʼnaviy jasorati

Urush davrida Oʻzbekiston xalqi tomonidan frontga 2 mingdan ziyod samolyot, koʻplab qurol-yarogʻ, yuzlab harbiy-sanitariya poyezdlari, dala oshxonalari, palatkalar, juda katta miqdordagi oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa zarur mahsulotlar yetkazib berilgan.

Oʻzbekiston mehnatkashlari toʻplagan mablagʻlar hisobidan oʻnlab harbiy samolyot va tanklar, jangovar mashinalar barpo etilgan.

1941-1945 yillarda Oʻzbekiston sobiq Ittifoq miqyosidagi ulkan gospitalga aylangan — bu yerda ming-minglab jangchilar davolanib, urush va mehnat frontlariga qaytganlar.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala