TOSHKENT, 10 may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozogʻiston yetakchisi Nursulton Nazarboyevni faol va isteʼdodli rahbar deb atadi, va u oʻz atrofida samarali ishlay oladigan, yosh va kuchli mutaxassislarni toʻplay olganini alohida taʼkidlab oʻtdi, deb xabar qildi RIA Novosti.
"Toʻgʻrisini aytganda, Nursulton Abishevichda meni har doim xursand qilib, hayratlantirib kelgan jihat shu-ki, axir u, hali sovet davridayoq yorqin karyera qila olgan, va yana oʻzining sovet oʻtmishiga qaramay, uning kelajakka intilgan insonligi taajjubga soladi", — dedi Putin Qozogʻiston prezidenti teleradiomajmuasiga bergan intervyusida.
Rossiya prezidenti shuningdek, Nazarboyev oʻzini kuchli insonlar bilan oʻrab olishga qoʻrqmasligini qayd etib oʻtdi. "U, birinchidan, oʻz atrofida ishbilarmon va samarali ishlay oladigan odamlarni toʻplashni biladi va yoniga kuchli odamlarni qoʻyishdan qoʻrqmaydi. Bu har qanday kuchli rahbarning alohida ajralib turadigan jihatidir", — dedi Rossiya yetakchisi.
Putin shuningdek, Nazarboyevni faol va isteʼdodli rahbar deb atadi.