Peterburgda sotuvchilik qilgan o‘zbekistonlik ayol mahsulotlarni puli yo‘qlarga tekinga bergan

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishProdaja kurinix yais v regionax Rossii
Prodaja kurinix yais v regionax Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kassir ayol 15-apreldan 30-aprelgacha narsa sotib olishga puli yo‘q qariyalarga mahsulotlarni kassadan o‘tkazmasdan shundog‘icha tekinga berib kelgan.

TOShKENT — 10-may, Sputnik. Peterburgdagi "Paterochka" magazinida ishlagan o‘zbekistonlik ayol kamomadda gumon qilinmoqda — u magazindagi mahsulotlarni tekinga tarqatgan va bir qismini o‘z maqsadi uchun ishlatgan. Bu haqda "Nevskie novosti" portali xabar berdi.

Politsiya Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Peterburgda qo‘lga olindi

Budapesht ko‘chasidagi savdo nuqtasi rahbariyati huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilib, ayol qarindoshlariga magazindagi mahsulotlarni berib yuborganligini bildirgan.

Voqea joyiga kelgan uchastka noziri gumonlanuvchi — 42 yoshli Zera B.dan tushuntirish xati olgan.

Ayolning tushuntirish berishicha, u mahsulotlarni qarindoshlariga emas, notanish insonlarga rahmi kelganidan berib yuborgan. Kassir ayol 15-apreldan 30-aprelgacha narsa sotib olishga puli yo‘q qariyalarga mahsulotlarni kassadan o‘tkazmasdan shundog‘icha tekinga berib kelgan.

U shuningdek, ayrim oziq-ovqat mahsulotlaridan o‘zi ham foydalanganini bildirgan.

Magazinda hozirda zarar miqdorini aniqlash uchun inventarizatsiya o‘tkazilmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0