Informatika o‘qituvchilari Microsoft kompaniyasi kurslarida malaka oshirishdi

Obuna bo‘lish
Xalq ta’limi vazirligi Microsoft, Oracle, Cisco kabi dunyoning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlik qilmoqda.

TOShKENT, 10-may — Sputnik. Shu yilning yanvar-may oylarida bir guruh informatika o‘qituvchilari Microsoft kompaniyasi kurslarida malakasini oshirib, tarmoqlar tuzilishi, Windows Server tizimini o‘rnatib, sozlash va boshqarish bo‘yicha o‘quv kurslarini bitirdi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

"Endilikda ular Microsoft dasturiy mahsulotlari va texnologik yechimlari bo‘yicha malakaviy (kvalifikatsiya) imtihonlarini topshirgach, mutaxassislik sertifikatlarini qo‘lga kiritishi mumkin", — deyiladi xabarda.

Mazkur o‘quv kurslarida dastlab bir guruh informatika o‘qituvchilarining malakasini oshirish va trener sifatida tayyorlash rejalashtirilgan bo‘lib, keyinchalik hududlardagi tayanch maktablarda yuqori sinf o‘quvchilariga AKT bo‘yicha zamonaviy kasblardan birini egallash uchun zarur puxta bilim va malakalarni berish ko‘zda tutilgan.

Xabarda aytilishicha, vazirlik Microsoft, Oracle, Cisco kabi dunyoning yetakchi kompaniyalari bilan maktab o‘qituvchi va o‘quvchilarining AKT bo‘yicha salohiyatini yanada oshirish, yangi zamonaviy kasb sohalariga oid ko‘nikmalarni shakllantirish yuzasidan o‘quv kurslarni moslashtirish va joriy qilish bo‘yicha hamkorlik qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0