Siyosat

Oq Uy: Mirziyoyevning AQShga tashrifi - tarixiy

© Sputnik / Vladimir FedorenkoBelыy Dom v Vashingtone
Belыy Dom v Vashingtone - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Amerika prezidenti Donald Tramp Oʻzbekiston rahbarini 16 may kuni kutib oladi, ular ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qilishadi

TOSHKENT, 10 may — Sputnik. Oq Uy Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifini — tarixiy deya atadi. Ushbu bayonot keltirilgan press-reliz AQSH prezidenti rasmiy qarorgohining saytida eʼlon qilingan.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev Tramp taklifiga binoan Amerikaga rasmiy tashrif uyushtiradi

"2018 yil 16 may kuni Prezident Donald Tramp Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Oq Uyga ilk bor tashrifi munosabati bilan qabul qiladi. Prezident Tramp va Prezident Mirziyoyev umumiy manfaatli rejalarni davom ettirish va qator oʻzaro masalalarni hal etish maqsadida Amerika Qoʻshma Shtatlari va Oʻzbekiston oʻrtasidagi ikki tomonlama strategik hamkorlikni qayta koʻrib chiqadi",- deyiladi bayonotda.

Shuningdek, ikki tomon Oʻzbekistonning muhim islohotlarni amalga oshirish, savdo va investitsiyani kengaytirish, mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash, jumladan, Afgʻonistondagi vaziyatni hal etish boʻyicha erishgan yutuqlarini muhokama qiladi.

Yangiliklar lentasi
0