Xonanda Rayhonga AQSh elchixonasi viza berishni rad etdi

Obuna bo‘lish
"Uzbek Stars" deb nomlangan konsert dasturi 12-may kuni "Cornucopia Majesty" kruiz laynerida bo‘lib o‘tadi. Unda Shohruhxon va Ziyoda chiqish qiladi.

TOShKENT, 10-may — Sputnik. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva viza berilmagani uchun AQShning Nyu-York shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan konsert dasturida ishtirok eta olmasligini ma’lum qildi.

"Afsuski, menga viza berishni rad etishgani uchun 12-maydagi konsertda ishtirok etolmayman. 2009-yilda Amerikada bo‘lganimda bizdan vatandoshlarimiz uchun kuylab berishimizni iltimos qilishgandi. Biz faqat mehnat vizasi bilangina qo‘shiq kuylash mumkinligini bilmagandik. O‘shanda pul olmasdan kuylaganmiz. O‘zimiznikilarni, yaqinlarimizni xursand qilmoqchi edik. Afsuski buni huquqbuzarlik deb hisoblashdi va bu viza berishni rad etish uchun sabab bo‘ldi. Shohruhxon va Ziyodaga omad va muvaffaqiyatlar tilayman", — deb yozadi Rayhon Instagramdagi sahifasida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, "Uzbek Stars" deb nomlangan konsert dasturi 12-may kuni "Cornucopia Majesty" kruiz laynerida bo‘lib o‘tadi. Unda Shohruhxon va Ziyoda chiqish qiladi.

 

Yangiliklar lentasi
0