Jamiyat

Avtomobillarni notarial tasdiqlovsiz ijaraga berishga doir qonun loyihasi koʻrib chiqildi

CC0 / pixabay / Mujchina za rulem
Mujchina za rulem - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Avtomobillarni qisqa muddatga ijaraga berish (karshering) boʻyicha dastlabki xizmatlarni Oʻzbekistondagi toʻrt turistik markaz - Buxoro, Toshkent, Samarqand va Xorazmda ishga tushirish rejalashtirilmoqda.

TOSHKENT, 11 may — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlar avtomobillarni notarial tasdiqlovsiz ijaraga berishni koʻzda tutuvchi qonun loyihasini koʻrib chiqdilar. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining axborot xizmati xabar berdi.

"Birinchi oʻqishda koʻrib chiqilgan "Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 565-moddasiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi qonun loyihasi siyosiy partiyalar fraktsiyalarining qizgʻin baxs-munozaralari obʼyektiga aylandi", — deyiladi xabarda.

V Uzbekistane poyavitsya usluga arendы avtomobilya - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Oʻzbekistonda avtomobillarni ijaraga berish xizmati yoʻlga qoʻyilmoqda

Xabarda aytilishicha, loyiha bilan jismoniy shaxslar tomonidan avtomototransport vositalarini ijaraga berish shartnomasini uning notarial tasdiqlovisiz bir oy muddatga huquqiy jihatdan rasmiylashtirish masalalarini soddalashtirishni nazarda tutuvchi qoʻshimchalar kiritish taklif etilmoqda. Hozirgi paytda milliy qonunchilik avtomototransport vositalarini ijaraga berish shartnomasini notarial tasdiqlashni talab etadi.

Siyosiy partiyalar fraktsiyalari, ayniqsa "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi fraktsiyasi aʼzolari Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish boʻyicha prezident tomonidan belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda mazkur qonun loyihasi normalarini takomillashtirish zarurligiga alohida eʼtibor qaratdilar.

Avtomobillarni qisqa muddatga ijaraga berish (karshering) boʻyicha dastlabki xizmatlarni Oʻzbekistondagi toʻrt turistik markaz — Buxoro, Toshkent, Samarqand va Xorazmda ishga tushirish rejalashtirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0