O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi texnikasining mahalliy brendi ishlab chiqiladi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishUborka urojaya zernovix na polyax
Uborka urojaya zernovix na polyax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda fermerlik xo‘jaliklari yuqori quvvatli traktorlar 75 %ga, g‘alla o‘rish traktorlar 86 %ga ta’minlangan.

TOShKENT, 11-may — Sputnik. O‘zbekistonda yaqin oylarda qishloq xo‘jalik texnikasining mahalliy brendi paydo bo‘ladi. Bu haqda Sputnik muxbiri prezident qaroriga asoslangan holda xabar qildi.

Zagotovka sena v fermerskom xozaystve - Sputnik O‘zbekiston
Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa egalariga 7 foiz stavkada kredit beriladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Qishloq xo‘jaligini o‘z vaqtida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.

Qaror talablariga ko‘ra "O‘zagrotexsanoatxolding" AJ, Iqtisodiyot, Moliya vazirliklari va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda uch oy muddatda qishloq xo‘jaligi texnikasining mahalliy brendini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga joriy etishni nazarda tutgan holda respublikada qishloq xo‘jaligi mashinasozligini rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqiladi.

Shu bilan birga, 2018-2020 yillarda qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalarining yangi ishlab chiqarishlarini yaratish va mavjudlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash yuzasidan investitsiya loyihalari ro‘yxati bilan birga qishloq xo‘jaligi texnikasining har bir turi bo‘yicha ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi tayyorlanadi. Shuningdek, ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan tarmoq kooperatsiyasi doirasida ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi texnikasi va uning komponentlari tannarxini pasaytirish dasturi ishlab chiqiladi.

Traktor na pole vo vremya poseva - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda fermer va dehqon xo‘jaliklari kengashlari tuziladi

Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish va yetkazib berishni moliyalashtirishni yaxshilash uchun xalqaro moliya institutlarining mablag‘larini jalb etish bo‘yicha takliflar tayyorlanadi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda respublikada fermer xo‘jaliklarini yuqori quvvatli traktorlari — 75 %, g‘alla yig‘ish traktorlari — 86 %, paxta yig‘im traktorlari — 28 %, paxta ekish — 60 %, don ekish traktorlari — 25 %ga ta’minlangan.

Respublikada mavjud bo‘lgan va eskirgan texnikalarni hisobga olganda jami 82 ming dona turli qishloq xo‘jaligi texnikasi va uskunalarga ehtiyoj mavjud. Faqat joriy yilda fermerlarni 16 ming donani, shu jumladan, birinchi yarim yillikda 5,8 ming dona bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0