Soliqlar bo‘yicha rahbar: general-leytenant Botir Parpiyevning tarjimai holi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoPortfel s dokumentami
Portfel s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Davlat soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpiyevni egallab turgan lavozimidan ozod qildi.

TOShKENT, 11-may — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston Botir Parpiyevning tarjimai holini yozib chiqdi.

Militsiya oilasi

Botir Parpiyev 1946-yil 23-dekabrda Andijon shahrida militsioner oilasi tug‘ilgan. Uning otasi Raxmat Parpiyev militsiya general-mayori unvoni olgan va Andijon viloyati IIBB boshlig‘i lavozimigacha ishlagan.

Batir Parpiyev - Sputnik O‘zbekiston
Soliq qo‘mitasi rahbari Botir Parpiyevning ishdan ketganligi rasman tasdiqlandi

Shuning uchun Botir Parpiyevning ish faoliyati aniq bo‘ldi — u o‘z ishini militsiyada boshlaydi.

Uning boshlang‘ich yillardagi ish faoliyati haqida ochiq ma’lumotlar kam — faqat 1978-yilda Toshkentdagi SSSR IIV bosh maktabini (hozirgi IIV akademiyasi) tamomlaganligi to‘g‘risida ma’lumot mavjud.

IIVda xizmat

Sobiq ittifoqi davrining so‘ngi yillarida Parpiyev birinchi katta lavozimga o‘tadi — 1989-yilda Asaka tumani ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlanadi. 1992-yilda esa viloyat ichki ishlar boshqarmasiga rahbar bo‘lib tayinlanadi.

1996 yilda Botir Parpiyev bevosita IIVning markaziy apparatiga o‘tadi va IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlanadi.

1998 yilda Parpiyev ichki ishlar vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlanadi va 2002-yil iyun oyigacha ushbu lavozimni egallaydi.

Vazir va rais

2002 yil iyun — Botir Parpiyevning Ichki ishlar vazirligida so‘ngi oyi bo‘ladi.

Avval u favqulodda vaziyatlar vaziri etib tayinlanadi, ushbu lavozimda yarim yil bo‘ladi. 2003-yilda esa Davlat bojxona qo‘mitasi raisi lavozimiga o‘tadi.

2003 yilning o‘zida bojxona xizmati general-leytenanti unvonini oladi.

Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Botir Parpiyev Davlat soliq qo‘mitasi raisligidan ketdi

Keyingi yilda Parpiyev yana boshqa lavozimga o‘tkaziladi — u Davlat soliq qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlanadi.

2017 yil yakunida bir qator OAVlar yaqinda 71 yoshini qarshi olishidan avval Parpiyev iste’foga chiqishga ariza berganligi haqida xabar qilishdi. General o‘z qarorini sog‘lig‘i yomonlashdi deb tushuntirdi.

2018 yil 11-may kuni bojxona xizmati general-leytenanti, Davlat soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpiyev egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

Parpiyev oilasi

Parpiyev oilali, uch nafar o‘g‘il farzandlari bor. Ular davlat organlarida ish faoliyatini olib borishmoqda.

To‘ng‘ich o‘g‘li Dilmurod — otasi yo‘lidan borib, militsiya xodimi bo‘ladi. Asaka tumani ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimigacha boradi. 2016-yilda esa "GM Uzbekistan ishi" bo‘yicha hibsga olinadi.

Kalkulyator - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda soliq tizimining mutlaq yangi konsepsiyasi e’lon qilindi

Eslatib o‘tamiz, o‘sha vaqtda O‘zbekiston MXX korrupsiya va firibgarlikda gumon qilingan o‘nlab kishilarni, xususan GM Uzbekistan bosh direktori Toxirjon Jalilov, uning o‘rinbosari, oddiy xodimlar va organ xodimlarini qo‘lga oladi.

Kenja o‘g‘ri Dilshod Parpiyev diplomat sifatida ishlashga qaror qilib, 2017-yil dekabr oyida vazirlikning konsullik boshqarmasiga rahbar bo‘ladi (bunga qadar Singapurda elchixonada maslahatchi bo‘lib ishlaydi).

Bobur Parpiyev 2016-yil fevralda Orient Finans Bank rahbar bo‘ladi. 2000-yillarda u ilm-fan bilan shug‘ullanganligi ma’lum. Bobur Parpiyev Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya univertiteti hamda Toshkent davlat yuridik institutini tugatgan. Iqtisodiyot bo‘yicha kandidatlikni himoya qilgan. Bankda ish faoliyati bilan birga doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib borgan.

Yangiliklar lentasi
0