Toshkent shahar IIBB boshlig‘iga o‘rinbosar tayinlandi

© Sputnik / Aleksey DrujininPortfel s dokumentami
Portfel s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jizzax viloyatida ham lavozimiy tayinlov amalga oshirildi.

TOShKENT, 11-may — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda bildirilishicha, polkovnik Umarxonov Azizxon Sharipxonovich Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari etib tayinlangan.

Shuningdek, Jizzax viloyatida ham lavozimiy tayinlov amalga oshirildi. Polkovnik Axmuratov Xujamurad Rasulovich Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Yangiliklar lentasi
0