O‘zbekiston va Qozog‘iston IIVlari hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib oldi

© Sputnik / Ramil SitdikovRukopojatie
Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqand shahrida O‘zbekiston ichki ishlar vaziri, general-mayor P. Bobojonov va Qozog‘iston ichki ishlar vaziri, politsiya general-polkovnigi K. Qosimov boshchiligidagi har ikkala mamlakat IIV delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 12-may — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston Ichki ishlar vazirliklari muvofiqlashtiruvchi guruhni tuzish to‘g‘risida qo‘shma buyruq imzoladilar. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, Samarqand shahrida O‘zbekiston ichki ishlar vaziri, general-mayor P. Bobojonov va Qozog‘iston ichki ishlar vaziri, politsiya general-polkovnigi K. Qosimov boshchiligidagi har ikkala mamlakat IIV delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

montajnaya komnata televizionnogo kompleksa - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qozog‘iston yagona axborot maydoni yaratishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston va Qozog‘iston ichki ishlar vazirlari ikki mamlakat huquq-tartibot posbonlari yaqin hamkorligi, o‘zaro tajriba almashish, birgalikda maxsus operatsiyalar o‘tkazish, muntazam axborot almashish doimo diqqat markazida bo‘lishi lozimligini, bu boradagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash zarurligini ta’kidladilar.

Jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida O‘zbekiston va Qozog‘iston ichki ishlar organlarining o‘zaro hamkorligini mustahkamlash, birgalikda tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazish, terrorizm va ekstremizm ko‘rinishlarining oldini olish borasida ikkala mamlakat Ichki ishlar vazirliklarining hamkorligi muloqotning asosiy mavzusi bo‘ldi.

Tomonlar "Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining muvofiqlashtiruvchi guruhini tuzish to‘g‘risida"gi qo‘shma buyruqni imzoladilar, shuningdek boshqa dolzarb masalalarni ham muhokama qilib, hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab oldilar. 

Yangiliklar lentasi
0