Sport

Mehribonlik uylari oʻrtasidagi JChda Oʻzbekiston jamoasi chorak finalga chiqdi

Oʻzbekistonliklar Pokiston bilan 0:0 hisobida durang oʻynashdi, Rossiyani esa 2:0 hisobida magʻlub etib guruhdan chiqishga muvaffaq boʻlishdi.

TOSHKENT, 12 may — Sputnik. Moskva shahrida futbol boʻyicha Mehribonlik uylari oʻrtasida boshlangan Jahon chempionatida ilk bor qatnashayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi guruh bosqichidan chiqishga erishdi. Bu haqda championat.asia xabar bermoqda.

Sbornaya Uzbekistana na turnire Buduщeye zavisit ot tebya - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Ota-onasiz bolalar oʻrtasidagi JChda Oʻzbekiston jamoasi Rossiyaga qarshi maydonga tushadi

Oʻzbekiston terma jamoasi qurʼaga koʻra Rossiya va Pokiston terma jamoalari bilan birga "A" guruhidan joy olgandi. Oʻzbekistonliklar Pokiston bilan 0:0 hisobida durang oʻynashdi, Rossiyani esa 2:0 hisobida magʻlub etib guruhdan chiqishga muvaffaq boʻlishdi.

Oʻzbekistonning chorak finaldagi raqibi ertaga maʼlum boʻladi. Bu yoki Belarus, yoki Misr terma jamoasi boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, musobaqa 11 maydan 16 maygacha Moskvadagi "Sapsan-Arena" stadionida boʻlib oʻtadi. Unda 21 mamlakatning 14 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil-qizlaridan iborat 24 jamoa ishtirok etadi.

Guruh bosqichi oʻyinlari 12,13,14 may kunlari, yarim final va final oʻyinlari 16 may kuni boʻlib oʻtadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala