Toshkentda 11 yoshli bolakay "Osmono‘par" attraksionda uchganidan so‘ng vafot etdi

CC0 / pixabay / Attraksion v parke
Attraksion v parke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Noxush hodisa 12-may kuni soat 21:35 da sodir bo‘lgan. Oradan bir yarim daqiqa o‘tgach bog‘ning tibbiyot xodimi birinchi yordam ko‘rsatish uchun yetib kelgan.

TOShKENT, 14-may — Sputnik. 2018-yil 12-may kuni "Anhor-Lokomativ" ko‘ngilochar bog‘idagi "Osmono‘par" attraksionida uchgan 11 yoshli bolakay hushsiz holda topildi, deb xabar qildi O‘zbekiston temir yo‘llari matbuot xizmati.

Spetsialniy kompleks so vstroyennim zerkalom Gezella pozvolyayet provodit doprosi i ochnie stavki bez pramogo kontakta podozrevayemix ili obvinyayemix s poterpevshimi i svidetelyami - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent shahar IIBBda maxsus tergov majmuasi ochildi

Xabarda aytilishicha, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi maktablardan birida o‘quvchi 2007-yilda tug‘ilgan yigitcha mazkur attraksionda uchayotib hushini yo‘qotgan. Noxush hodisa 12-may kuni soat 21:35 da sodir bo‘lgan. Oradan bir yarim daqiqa o‘tgach bog‘ning tibbiyot xodimi birinchi yordam ko‘rsatish uchun yetib kelgan. Shundan so‘ng, 11 yoshli bolakay bog‘ ma’muriyati bunosidagi tibbiyot punktiga olib borilgan. Soat 22:00 da jabrlanuvchi bog‘ning tibbiyot xodimi va yaqinlari hamrohligida 1-shahar shifoxonasiga olib borilgan. U yerda bolaning vafot etganligi qayd etilgan.

13-14 may kunlari bog‘ hududida barcha ko‘ngilochar tadbirlar bekor qilingan.

Yangiliklar lentasi
0