Turkiya o‘z elchilarini AQSh va Isroildan chaqirib oldi

Obuna bo‘lish
Rasmiy Vashingtonning elchixonani Quddusga ko‘chirish qarori tantanali tadbir va qonli to‘qnashuvlarga aralashib ketdi. BMT Xavfsizlik kengashi G‘azo sektoridagi vaziyatni bugun muhokama qilishni rejalashtirgan. Ungacha AQShning qaroridan keskin noroziligini bildirayotgan Turkiya o‘z elchilarini Qo‘shma Shtatlar va Isroildan chaqirib oldi

TOShKENT, 15-may — Sputnik. Anqara Isroilning 50dan ziyod falastinliklar halokatiga sababchi bo‘lgan G‘azo sektoridagi harakatlari tufayli Vashington va Tel-Avivdagi o‘z elchilarini maslahatlashish maqsadida chaqirib olishga qaror qildi, deb bayonot qildi Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on dushanba kuni.

Uchastniki protestov na territorii Ramalli v Palestine protiv resheniya SShA o priznanii Iyerusalima stolitsey Izrailya - Sputnik O‘zbekiston
Qarsaklar va o‘q tovushlari. AQSh o‘z elchixonasini Quddusga ko‘chirishi nimasi bilan xavfli
"Turkiya bunga keskin javob qaytaradi. Biz o‘z elchilarimizni Vashington va Tel-Avivdan maslahatlashish uchun chaqirib oldik. Biz Islom Hamkorlik Tashkilotining Favqulodda sammitini chaqirmoqdamiz, umid qilamanki, biz juma kuni Yenikapada (Istanbulda) uchrashamiz. Biz shuningdek BMT XK favqulodda yig‘ilishini chaqirishni taklif etamiz. Biz ko‘plab yetakchilar bilan muzokaralar o‘tkazamiz. Ertandan boshlab biz uch kunlik milliy motam e’lon qilamiz", — dedi Erdo‘g‘on NTV telekanali efirida Buyuk Britaniyaga tashrifi chog‘ida.

Turkiya yetakchisi Isroilni terrorchi davlat, uning harakatlarini esa — genotsid, deya atadi.

Isroil tashkil topganining 70-yilligi munosabati bilan AQSh prezidenti ushbu mamlakat yubileyiga sovg‘a tariqasida o‘z elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirish qarorini qabul qildi. Vashington bu sanaga bag‘ishlangan tadbirni tantana bilan nishonlayotgan bir vaqtda G‘azo sektorida norozilik namoyishlari avjiga chiqdi. Isroil harbiylari norozilik namoyishi ishtirokchilariga qarata ayovsiz o‘t ochdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuvlarda 55 falastinlik halok bo‘lgan, 2,7 mingdan ziyodi jarohatlangan. Falastinlik yetakchi Mahmud Abbos uch kunlik motam e’lon qildi. G‘azo sektoridagi vaziyatni bugun seshanba kuni BMT XK muhokama qiladi.

Yangiliklar lentasi
0