Siyosat

Xitoy Tramp qarori tufayli yangi mojarolardan uzoqroq boʻlishga chaqirdi

© Sputnik / Axmet Abed / Fotobankka oʻtishAktsii protesta na granitse sektora Gaza i Izrailya
Aktsii protesta na granitse sektora Gaza i Izrailya - Sputnik Oʻzbekiston
XXR Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili "Quddus bilan bogʻliq vaziyat nihoyatda murakkabligini, u Falastin va Isroil oʻrtasidagi asosiy kelishmovchiliklardan biri ekanligini, ushbu masala diniy va milliy hislargada tegib oʻtishini" aytdi

TOSHKENT, 15 may — Sputnik. Xitoy 14 may kuni Gʻazo sektorida avj olgan va koʻplab qurbonlarga olib kelgan norozilik aktsiyasida ishtirok etayotgan tomonlarni bosiqlikka chaqiradi; Pekin ushbu voqeaning fojeviy oqibatlaridan qattiq tashvishda, deb bayonot qildi seshanba kuni XXR TIV rasmiy vakili Lu Kan.

Uchastniki protestov na territorii Ramallы v Palestine protiv resheniya SSHA o priznanii Iyerusalima stolitsey Izrailya - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Qarsaklar va oʻq tovushlari. AQSH oʻz elchixonasini Quddusga koʻchirishi nimasi bilan xavfli
Gʻazo sektorida norozilik namoyishlari dushanba kuni boʻlib oʻtdi. Bunga Isroil davlatining barpo etilganiga 70 yil toʻlishi va ushbu sana munosabati bilan AQSH elchixonasining Tel-Avivdan Quddusga koʻchirilishi sabab boʻldi.

Isroillik askarlar va falastinliklar oʻrtasida roʻy bergan qonli toʻqnashuvlar oqibatida, soʻnggi maʼlumotlarga koʻra 59 nafar falastinlik halok boʻldi, 2,7 ming nafardan ziyodi jarohatlandi. Falastinlik yetakchi Mahmud Abbos uch kunlik motam eʼlon qildi. Gʻazo sektoridagi holatni seshanba kuni BMT Xavfsizlik Kengashi muhokama qiladi.

"Isroil va Gʻazo sektori chegara oldi hududida avj olgan mojaro koʻpsonli qurbonlarga olib kelganligi munosabati bilan biz jiddiy tashvish bildiramiz. Biz fuqarolarga nisbatan zoʻravonlik holatlarini qoralaymiz va barcha tomonlarni, ayniqsa Isroilni bosiqlikni saqlab turishni va ziddiyatning oʻtkir tus olishidan oʻzini saqlashga chaqiramiz", — deb bayonot qilgan diplomat.

XXR Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili "Quddus bilan bogʻliq vaziyat nihoyatda murakkabligini, u Falastin va Isroil oʻrtasidagi asosiy kelishmovchiliklardan biri ekanligini, ushbu masala diniy va milliy hislargada tegib oʻtishini" aytdi.

"Biz hamisha Isroil va Falastin oʻrtasida BMT XK rezolyutsiyalariga monand ravishda muzokaralar yangilanishi lozim, deb hisoblab kelganmiz", — dedi Lu Kan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala