Iqtisod

Milliy bank Xitoy korporatsiyasi bilan 400 mln dollarlik bitim imzoladi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
SINOSURE Xitoy kompaniyalari tomonidan Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan, Oʻzmilliybank orqali moliyalashtirilayotgan loyihalarga sugʻurta qoʻllab-quvvatlovini koʻrsatadi.

TOSHKENT, 15 may — Sputnik. Bugun 15 may kuni Toshkentda Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Xitoyning "SINOSURE" eksport va kreditni sugʻurtalash korporatsiyasi oʻrtasida umumiy qiymati 400 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan hamkorlik boʻyicha hadli bitim imzolandi. Bu haqda Milliy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Tszyan Yan, Posol KNR v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekistondagi Xitoy elchisi "Bir kamar, bir yoʻl" loyihasi istiqbollari haqida gapirdi

Mazkur bitim SINOSURE tomonidan yengil-sanoat, qurilish materiallari ishlab chiqarish, qishloq xoʻjaligi, jumladan, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash kabi sohalar uchun Xitoyda ishlab chiqarilgan yuqori texnologik uskunalarni yetkazib berish shartnomalari boʻyicha sugʻurta qoplamalarini taqdim etishni nazarda tutadi.

SINOSURE Xitoy kompaniyalari tomonidan Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan, Oʻzmilliybank orqali moliyalashtirilayotgan loyihalarga sugʻurta qoʻllab-quvvatlovini koʻrsatadi.

SINOSURE sugʻurta qoplamasining mavjudligi ushbu taʼminotlarni XXR moliyaviy tashkilotlari hamda boshqa xorijiy banklar mablagʻlari hisobiga moliyalash imkonini beradi. Bundan tashqari, bu kredit oluvchilar uchun foiz yuklamalarini kamaytirishga imkon beradi.

China Export & Credit Insurance Corporation (SINOSURE) — XXR davlat sugʻurta kompaniyasi boʻlib, 2001 yilda tashkil etilgan. Sinosurening maqsadi eksport kreditlari va investitsiyalarini sugʻurtalash orqali Xitoy mahsulotlari eksporti hamda Xitoy kompaniyalari investitsiyalarini qoʻllab-quvvatlashdan iborat.

Yangiliklar lentasi
0