Saudiya Arabistoni AQSh elchixonasining Quddusga ko‘chirilishini tan olmaydi

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishProtesti protiv perenosa posolstva SShA iz Tel-Aviva v Iyerusalim
Protesti protiv perenosa posolstva SShA iz Tel-Aviva v Iyerusalim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dushanba kuni G‘azo mintaqasida Isroil tashkil etilganligining 70-yilligi va yubiley munosabati bilan AQSh elchixonasining Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirilishi fonida norozilik namoyishi o‘tkazildi.

TOShKENT, 15-may — Sputnik.Saudiya Arabistoni hukumati AQSh elchixonasining Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirilishini "falastinliklar huquqining jiddiy toptalishi" deb atadi va buni tan olmasligini bildirdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti Saudiya yangiliklar agentligiga tayanib.

Aksii protesta na granitse sektora Gaza i Izrailya - Sputnik O‘zbekiston
Kreml G‘azo sektorida o‘nlab falastinliklar halok bo‘lganidan tashvishda

"Hukumat AQSh elchixonasining Quddusga ko‘chirilishini qirollik tan olmasligini bildiradi va bu qadam Quddusdagi falastinliklarning xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan tarixiy va buzib bo‘lmaydigan huquqlarini jiddiy toptash ekanligini ta’kidlaydi", — deyiladi xabarda. Saudiya hukumati Amerika ma’muriyatining bu qadamini "butun dunyodagi musulmonlarni junbushga keltiradigan, tinchlik jarayonini ilgari surish ishidagi chekinish" deb baholadi.

Dushanba kuni G‘azo mintaqasida Isroil tashkil etilganligining 70-yilligi va yubiley munosabati bilan AQSh elchixonasining Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirilishi fonida norozilik namoyishi o‘tkazildi. Isroil qo‘shinlari bilan to‘qnashuvda 61 nafar falastinlik halok bo‘ldi, deb xabar berdi RIA Novostiga mahalliy tibbiy xizmat vakili Ashraf al-Kidra. Falastin yetakchisi Mahmud Abbos uch kunlik motam e’lon qildi. G‘azo mintaqasidagi vaziyat bugun BMT Xavfsizlik kengashida muhokama qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0