BMT Xavfsizlik kengashi Gʻazo sektoridagi vaziyatni muhokama qilmoqda

© Sputnik / Axmet Abed / Fotobankka oʻtishAktsii protesta na granitse sektora Gaza i Izrailya
Aktsii protesta na granitse sektora Gaza i Izrailya - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
BMT Xavfsizlik Kengashi seshanba kuni Gʻazo sektoridagi vaziyat boʻyicha yigʻilishni mojaroda halok boʻlgan falastinliklar va isroilliklar xotirasiga bir daqiqa sukut saqlash bilan boshladi

TOSHKENT, 15 may — Sputnik. Bir daqiqalik sukut BMT XKda raislik qilayotgan Polsha davlati taklifi bilan eʼlon qilindi, deb xabar qilmoqdv RIA Novosti.

Protestы protiv perenosa posolstva SSHA iz Tel-Aviva v Iyerusalim - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Saudiya Arabistoni AQSH elchixonasining Quddusga koʻchirilishini tan olmaydi
"Men kuni kecha Gʻazo sektorida halok boʻlganlar, shuningdek, uzoq vaqtdan buyon davom etib kelayotgan mojaro oqibatida halok boʻlgan falastinliklar va isroilliklar xotirasiga bir daqiqalik sukut bilan hurmat bajo keltirmoqchiman", — deb aytgan Polsha vakilasi.

Gʻazo sektorida norozilik namoyishlari dushanba kuni, Isroil davlati tashkil topganining 70 yilligi hamda ushbu yubiley sana munosabati bilan AQSH elchixonasining Tel-Avivdan Quddusga koʻchirilishi tufayli boʻlib oʻtdi.

Gʻazo sektori chegaralarida Isroil harbiylari bilan toʻqnashuvda halok boʻlgan falastinliklar soni 61 nafarga yetdi. Falastinlik yetakchi Mahmud Abbos uch kunlik motam eʼlon qildi. Mart oyi oxiridan buyon Gʻazo sektorida halok boʻlganlar soni 100 nafardan oshdi, deb xabar qildi BMTning Yaqin Sharqdagi tinchlik jarayoni boʻyicha maxsus muvofiqlashtiruvchisi Nikolay Mladenov.

"30 martda norozilik namoyishlari boshlanganidan buyon 100 kishi oʻldirildi, shu jumladan 13 nafar bolalar, ulardan teng yarmi — kuni kecha boʻlib oʻtgan toʻqnashuvlarda halok boʻldi", — deb aytgan Mladenov BMT XK majlisida.

Yangiliklar lentasi
0