Nazarboyev Putinning qayta saylanganini tarixiy voqea deb atadi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Kazaxstana N. Nazarbayevim
Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Kazaxstana N. Nazarbayevim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Hammasiga bardosh berib, Rossiyani katta yorug‘ yo‘lga olib chiqishda Allohdan sizga mustahkam sog‘liq tilayman", - deb tilak bildirdi Nazarboyev

TOShKENT, 15-may — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Vladimir Putinning RF prezidenti etib qayta saylanganini tarixiy voqea deb atadi va bugungi murakkab sharoitda unga ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Nursultan Nazarbayev dal start estafete ognya zimney Universiadi-2017 - Sputnik O‘zbekiston
Nazarboyev o‘z atrofida kuchli insonlarni to‘plashdan qo‘rqmaydi, dedi Putin

"O‘n sakkizinchi mart kuni tarixiy voqea sodir bo‘ldi. Siz ulkan g‘alaba bilan Rossiya xalqi ishonchini qozondingiz. Bunday murakkab sharoitlarda rossiyaliklarning bu ishonchi juda bebaho", — dedi Nazarboyev RF prezidenti bilan Sochida bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida.

Nazarboyev, rossiyaliklar shu tariqa Putin tomonidan "murakkab sharoitlarda o‘tkazilayotgan o‘sha ish, o‘sha yo‘nalishga" ishonch bildirishganini ta’kidladi. "Hammasiga bardosh berib, Rossiyani katta yorug‘ yo‘lga olib chiqishda Allohdan sizga mustahkam sog‘liq tilayman", — deb tilak bildirdi Nazarboyev.

"Biz, Qozog‘iston, Rossiyaga eng yaqin bo‘lgan, u bilan namunaga loyiq, eng yaqin munosabatlar o‘rnatgan mamlakat sifatida buni juda xohlaymiz", — deb qo‘shimcha qildi u.

Nazarboyev shuningdek, Rossiya hukumatining bo‘lg‘usi a’zolari haqida to‘xtaldi, Qozog‘istonda ko‘pchilik ularni yaxshi bilishini va ular bilan yaqin hamkorlik qilishini ta’kidlab, ularga muvaffaqiyatlar tiladi.

Yangiliklar lentasi
0