Dunyoda

Isroilga "axloqni oʻrgatma", deb maslahat berdi Netanyaxu Erdoʻgʻonga

© REUTERS / Ronen ZvulunPremyer-ministr Izrailya Benyamin Nitanyaxu
Premyer-ministr Izrailya Benyamin Nitanyaxu - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ilgariroq Turkiya prezidenti Isroil va AQShdan oʻz elchilarini chaqirib olgan edi

TOSHKENT, 15 may — Sputnik. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻonni XAMAS radikal harakatini qoʻllab-quvvatlovchi deb atadi va "axloqqa oʻrgatmaslikka" chaqirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Dunyoda
Turkiya Isroil elchisiga mamlakatdan chiqib ketishni taklif qildi
"(Turkiya prezidenti, tahr.) Erdoʻgʻon — XAMASning eng yirik tarafdorlaridan biri, u, shubhasizki, terrorizm va qirgʻin nimaligini tushunadi. Erdoʻgʻonga bizni axloqqa oʻrgatmaslikni maslahat beraman", — deyiladi Netanyaxu matbuot-xizmati xabarida.

Ilgariroq Turkiya prezidenti Isroilning oʻnlab falastinliklarning oʻlimiga olib kelgan Gʻazo sektoridagi harakatlari munosabati bilan Anqara Vashington va Tel-Avivdan maslahatlashuv uchun oʻz elchilarini chaqirib olish qarorini qabul qilgani haqida bayonot bergan edi. Erdoʻgʻon shuningdek Isroilni terrorchi devlat deb atab, uning falastinliklarga nisbatan harakatlarini — genotsid, deb baholagan edi.

Gʻazo sektorida norozilik namoyishlari dushanba kuni boʻlib oʻtdi. Bunga Isroil davlatining barpo etilganiga 70 yil toʻlishi va ushbu sana munosabati bilan AQSH elchixonasining Tel-Avivdan Quddusga koʻchirilishi sabab boʻldi.

Isroillik askarlar va falastinliklar oʻrtasida roʻy bergan qonli toʻqnashuvlar oqibatida, halok boʻlganlar soni 61 nafarga yetdi, 2,7 ming nafardan ziyodi jarohatlandi. Falastinlik yetakchi Mahmud Abbos uch kunlik motam eʼlon qildi.

Yangiliklar lentasi
0