Kurtov: AQSh O‘zbekiston bilan savdoda Xitoy va Rossiyaga tenglasha olmaydi

Obuna bo‘lish
Siyosatshunos Ajdar Kurtov AQSh O‘zbekistonda Rossiya va Xitoyga raqobatchi bo‘la olishi mumkinmi va Vashington Markaziy Osiyoda birinchi galda qanday manfaatlarni ko‘zlayotgani haqida fikr bildirdi

O‘zbekiston prezidentining okean orti safari doirasida Toshkent va Vashington to‘rt milliard dollarlik bitimlarni imzolashni rejalashtirmoqda. Ekspert fikriga ko‘ra, amerikaliklar uchun ushbu muzokaralarda iqtisoddan ko‘ra geosiyosat muhimroq.

Pan Davey, direktor Sentra issledovaniy Rossii i stran Sentralnoy Azii pri ShAON - Sputnik O‘zbekiston
"It hurar, karvon o‘tar": O‘zbekiston va Xitoy munosabatlari mustahkam, dedi ekspert

"Katta Markaziy Osiyo loyihasi haqida unutmaslik kerak. Ushbu loyiha doirasida AQSh mintaqa mamlakatlarini G‘arbga qaratishni va regionni Rossiya ta’siridan yulib olishni rejalashtirgan. O‘zining "Bir kamar, bir yo‘l" loyihasi bilan Xitoy ham AQShning geosiyosiy raqiblaridan biri sanaladi. Iqtisodga keladigan bo‘lsak, u holda bu yerda qandaydir jiddiy narsaga umid qilishga hojat yo‘q. O‘zbekistonning xom-ashyo eksporti salohiyati Turkmaniston va Qozog‘iston darajasidamas, Vashington qila oladigan yagona narsa — mamlakatda faol ishlayotgan Rossiya neft va gaz kompaniyalariga muqobil kompaniyalarni taklif etishi mumkin", — deb ta’kidladi Kurtov.

Iqtisodiy munosabatlar haqida gapirar ekan, AQSh O‘zbekistonning Rossiya yoki Xitoy bilan aloqalariga teng alternativ taklif bera olmasligini aytib o‘tdi.

Ekspert fikrini to‘liq quyidagi podkast orqali rus tilida tinglashingiz mumkin.

Kurtov o tom, kakie interesi presleduyut SShA v Uzbekistane

Yangiliklar lentasi
0