Rossiya hududida eng uzun boʻlgan Qrim koʻprigi qurilishi 2014 yilda boshlangan edi. Reja boʻyicha koʻprik qurilishi 2018 yilning dekabrida yakunlanishi kerak edi. Koʻprik qurilishi ikki qirgʻoq tomonidan bir vaqtda boshlangan va muddatidan 6 oy oldin yakunlandi. koʻprik qurilishida bir vaqtning oʻzida 15 minggacha odam ishlagan.
Qrim koʻprigidan birinchi boʻlib uning qurilishida bevosita ishtirok etgan quruvchilar va qurilish texnikasi tantanali ravishda oʻtdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin yangi koʻprikdan Kamaz yuk avtomobillaridan birini haydab oʻtdi.
Ushbu ulkan inshoot qurilishi haqidagi videolavhamizni quyida tomosha qilishingiz mumkin.
© Infotsentr "Krыmskiy most"