Qo‘yliq bozori atrofidagi tirbandliklarga yoz o‘rtalarida barham beriladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobilnaya trassa
Avtomobilnaya trassa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qo‘yliq ulgurji bozori yonida transport uchun yangi "cho‘ntak" ochish rejalashtirilgan.

TOShKENT, 16-may — Sputnik. Qo‘yliq bozori atrofidagi muntazam tirbandliklarga yoz o‘rtalariga kelib barham beriladi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Iyun-iyulda bu yerda poytaxtdagi eng yirik ko‘ngilochar-savdo markazlaridan birining hamda yaqinda loyihalashtirilgan va qisman qurib bitkazilgan "yo‘l cho‘ntagi"ning foydalanishga topshirilishi rejalashtirilmoqda.

Na odnom iz tashkentskix bazarov - Sputnik O‘zbekiston
Hokim: Qo‘yliq dehqon bozori poytaxt tashqarisiga ko‘chiriladi

"Elektroapparat" tarafdan "Farg‘ona yo‘li" ko‘chasi bo‘ylab Qo‘yliq bozori tomonga yurilsa, ko‘prikka yetmasdan asosiy trassaga chiqiladigan kichik "cho‘ntak" bo‘ladi. Hozirda bu yerda yo‘l chetida turgan mashinalar sababli muntazam ravishda tirbandliklar paydo bo‘lmoqda. Savdo majmuasi ishga tushganidan so‘ng bu yerda keng "cho‘ntak" bo‘ladi, yo‘lovchilarga qulay bo‘lishi uchun avtobuslarga maxsus kirish qismi bo‘lgan bekatlar quriladi, buning uchun 22 sotix yer ajratildi", — dedi Sputnik muxbiriga Toshkentning Bektemir tumani hokimligidagi manba.

Suhbatdoshning aytishicha, bundan tashqari, markaz yonida zamonaviy ko‘pqavatli uylar quriladi, atrof esa obodonlashtiriladi. Manbaning bildirishicha, Qo‘yliq ulgurji bozori yonida transport uchun yangi "cho‘ntak" ochish rejalashtirilgan. Qo‘yliq dehqon bozori Toshkent shahri hududidan ko‘chirilganidan keyin esa vaziyat tubdan yaxshilanadi.

Yangiliklar lentasi
0