Migratsiya

Toshkentdagi Rossiya elchixonasi migratsiya va konsullik masalalari boʻyicha seminar oʻtkazadi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Fotobankka oʻtishInostrannыe grajdane v ocheredi na daktiloskopicheskuyu registratsiyu, arxivnoye foto
Inostrannыe grajdane v ocheredi na daktiloskopicheskuyu registratsiyu, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Seminarda Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi konsullik boʻlimi mudiri I.Fetisov va Rossiya IIVning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi xodimlari ishtirok etishadi.

TOSHKENT, 16 may — Sputnik. Toshkentdagi "Poytaxt" biznes-markazida Rossiyadagi mavjud migratsion qonunchilik va konsullik masalalariga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtadi. Bu haqda Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi maʼlum qildi.

Xabarda bildirilishicha, seminar 25 may kuni soat 18:00da boshlanadi.

Tadbirga tashrif buyurganlar zarur maslahatlar olishi, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishi mumkin. Seminarda Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi konsullik boʻlimi mudiri I.Fetisov va Rossiya IIVning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi xodimlari ishtirok etishadi.

Seminarda qatnashish istagida boʻlganlar konsullik boʻlimining (+998 71) 140-72-00 raqamli telefoni, info@pravouz.com, consul.tashkent@mid.ru elektron pochtasi yoki Facebook sahifasiga murojaat qilishlari soʻraladi.

Yangiliklar lentasi
0