O‘zbekiston terma jamoasi Qatar bilan Toshkentda o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

Obuna bo‘lish
Avvalroq, tarixda birinchi marta O‘zbekiston milliy terma jamoasi Marokash va Senegal terma jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazgan edi.

TOShKENT, 16-may — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari 2018-yilning 16-oktabr kuni Toshkent shahrida Qatar terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti hamda O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasining birinchi vitse prezidenti Umid Ahmadjonov Qatar Futbol federatsiyasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish to‘g‘risida memorandum imzolagan.

Avvalroq, tarixda birinchi marta O‘zbekiston milliy terma jamoasi Marokash va Senegal terma jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazgan edi.

19 may kuni esa O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eronga qarshi Tehronning "Ozodiy" stadionida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

Yangiliklar lentasi
0