Dunyoda

Gvatemala AQShga taqlid qilib oʻz elchixonasini Quddusga koʻchirdi

© Sputnik / Issam Al-Rimawi / Fotobankka oʻtishUchastniki protestov na territorii Ramallы v Palestine protiv resheniya SSHA o priznanii Iyerusalima stolitsey Izrailya
Uchastniki protestov na territorii Ramallы v Palestine protiv resheniya SSHA o priznanii Iyerusalima stolitsey Izrailya - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Quddus meri oʻzining Quddus meri oʻzining bayonotida mamlakat prezidenti Moralesga tashakkurnoma izhor qilgan va uning dipmissiyani koʻchirish haqidagi qarorini "mardonavor" qaror deya baholagan

TOSHKENT, 16 may — Sputnik. Qadimgi Quddus shahri devorlarida Gvatemala bayrogʻi tasviri namoyish etildi. Mamlakat elchixonasi 16 may kuni Tel-Avivdan Quddusga koʻchirildi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Premyer-ministr Izrailya Benyamin Nitanyaxu - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Isroilga "axloqni oʻrgatma", deb maslahat berdi Netanyaxu Erdoʻgʻonga

Quddus meri oʻzining bayonotida mamlakat prezidenti Moralesga tashakkurnoma izhor qilgan va uning dipmissiyani koʻchirish haqidagi qarorini "mardonavor" qaror deya baholagan.

"Men boshqa mamlakatlarni AQSH va Gvatemalaga qoʻshilishga chaqiraman — sizlar ham toʻgʻri ish tutib oʻz elchixonalaringizni bizning abadiy poytaxtimiz — Quddusga koʻchiring", — deyiladi mer bayonotida.

Dushanba kuni AQSH oʻzining elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga koʻchirgan edi. Ushbu voqea Gʻazo sektorida ziddiyatlar avj olishiga va AQShning yangi elchixonasi binosi yonida norozilik namoyishlari boshlanishiga sabab boʻldi.

Shu paytgacha kamida uchta davlat AQShga taqlid qilib, oʻz elchixonalarini Quddusga koʻchirishi maʼlum qilingan edi. Xabarlarga koʻra, Quddusga oʻz elchixonasini koʻchiradigan uchinchi mamlakat Paragvay boʻlib, dipmissiyaning ochilish marosimi may oyining oxiriga rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0