Futbol, O‘zbekiston - Pokiston. G‘oliblarni taqdirlash marosimi. Efir yakuniga yetdi.

Obuna bo‘lish
Moskvada bolalar uylari tarbiyalanuvchilari orasida o‘tkazilayotgan “Kelajak sening qo‘lingda” xalqaro futbol musobaqasining final uchrashuvini jonli efirda tomosha qiling.

O‘zbekiston bolalar uylari terma jamoasi ushbu musobaqada qanday matonat ko‘rsatgani haqida oldingi maqolalarimizda aytib bergan edik.

Bugun 16-may soat 12:00 da Moskvadagi "Lokomotiv" stadionida Megafon homiyligida o‘tkazilayotgan “Kelajak sening qo‘lingda” xalqaro futbol musobaqasining finalida O‘zbekiston va Pokiston terma jamoalari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu final uchrashuvini saytimizda Moskva vaqti bilan soat 12:00 da tomosha qiling.

Sputnik muxbiri stadiondan xabar qilishiga ko‘ra, ayni damda hisob 1:1.

Asosiy o‘yin vaqtida hisob 1:1 bilan yakunlandi. Undan keyin belgilangan penaltilar bo‘yicha 5:6 hisobida O‘zbekiston g‘alaba qozondi. Hal qiluvchi golni O‘zbekiston jamoasi darvozaboni Sergey Islamov urdi.

Yakuniy hisob 5:6. O‘zbekiston g‘alaba qozondi. Bosh qahramon — darvozabon Sergey Islamov. O‘zbekiston Jahon chempioni!

Yangiliklar lentasi
0