Kim Chen In Tramp bilan uchrashishi mumkin. Lekin bir shart bilan

© REUTERS / KCNAKNDR zapustila raketi maloy dalnosti
KNDR zapustila raketi maloy dalnosti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shimoliy Koreya AQSh bilan oliy darajada muzokaralarni o‘tkazishi mumkin, lekin buning uchun Donald Tramp faqatgina yadro quroli muammosi hal etilishidan manfaatdor bo‘lmasligi lozim

TOShKENT, 16-may — Sputnik. KXDR Kim Chen In va Tramp muzokaralari bo‘yicha shart e’lon qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Goroda mira. Pxenyan - Sputnik O‘zbekiston
KXDR Janubiy Koreya bilan 16-mayga belgilangan uchrashuvni bekor qildi
"Shimoliy Koreya AQSh bilan oliy darajada muzokaralarni o‘tkazishi mumkin, lekin buning uchun AQSh prezidenti Donald Tramp faqatgina yadro quroli muammosi hal etilishidan manfaatdor bo‘lmasligi, balki Pxenyan bilan aloqalar yaxshilanishi bo‘yicha ham istak bildirishi lozim", — deb bayonot qilgan chorshanba kuni KXDR TIV rahbarining birinchi o‘rinbosari Kim Ge Gvan.

Ge Gvan Shimoliy Koreyadan qachon ijobiy javob yangrashi mumkinligini ham ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun Tramp ma’muriyati oliy darajadagi muzokaralar zamirida avvalo amerika-koreya munosabatlari yaxshilanishi maqsadi turishi lozim.

Ge Gvan shuningdek, agarda KXDR faqat yadro qurolidan voz kechish bo‘yicha bir tomonlama talablarni eshitadigan bo‘lsa, Pxenyan uchun bunday muloqotning umuman qizig‘i yo‘qligini ma’lum qilgan.

"Bu holda KXDR va AQSh o‘rtasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan muzokaralarga rozi bo‘lish to‘g‘risidagi masalani qayta ko‘rib chiqishdan boshqa ilojimiz qolmaydi", — degan vazir.

Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen In o‘rtasidagi muzokaralar 12-iyun sanasida Singapurda o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0