Shavkat Mirziyoyev Izro Malakovga "O‘zbekiston xalq artisti" unvonini topshirdi

© Press slujba prezidenta Uzbekistana / Press slujba prezidenta UzbekistanaEzro Asherovichu Malakovu prisvoyeno pochetnoe zvanie "Narodniy artist Respubliki Uzbekistan".
Ezro Asherovichu Malakovu prisvoyeno pochetnoe zvanie Narodniy artist Respubliki Uzbekistan. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Villard interkontinental" mehmonxonasida ikki mamlakat rasmiy delegatsiyasi a’zolari, vazirlik va kompaniyalar rahbarlari, biznes va ilmiy doiralar vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

TOShKENT, 17-may — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasining AQShga rasmiy tashrifi munosabati bilan "Villard interkontinental" mehmonxonasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyasi a’zolari, vazirlik va kompaniyalar rahbarlari, biznes va ilmiy doiralar vakillari ishtirok etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na vstreche s Donaldom Trampom - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha muhim shartnomalar imzolandi

Uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston tarixini chuqur o‘rganib, butun dunyoda keng targ‘ib etayotgan Frederik Starr va barcha amerikalik olimlarga tashakkur izhor etdi.

Shuningdek, tadbirda ko‘p yillik samarali ijodi, o‘zbek maqom san’atini rivojlantirish, o‘zbek xalqining boy madaniy merosini dunyoda targ‘ib etishga qo‘shgan hissasi uchun maqom ansamblining sobiq xonandasi Izro Malakovga "O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti" faxriy unvoni berilgani e’lon qilindi. Izro Malakov yuksak e’tibori va qadrdon o‘zbek xalqining unvoni uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi.

Izro Malakov — buxorolik taniqli maqom ustasi. U "Shashmaqom", undan keyin "Maqom" ansambli tarkibida butun dunyo bo‘ylab ko‘plab gastrollarni amalga oshirgan.

1997 yilda bo‘lib o‘tgan "Sharq taronalari" festivalida "Qurbon o‘lam" ashulasi bilan festival laureatiga aylangan edi.

Maqomchilar ansamblining faoliyati davomida o‘zbek qo‘shiq san’atining oltin fondiga kiritilgan 200 dan ortiq qo‘shiqlarni ijro etgan.
Maqomchining "Qurbon o‘lam", "Samarqand ushshog‘i" va boshqa bir qator ashulalari haqiqiy san’at durdonasiga aylangan.

Yangiliklar lentasi
0