Tojikiston maxsus xizmatlari Rossiyada teraktlar oldini olishga yordam berdi

Obuna bo‘lish
Tojikiston xavfsizlik xizmati Rossiyada JCh-2018 arafasida amlaga oshirish rejalashtirilayotgan teraktlarni oldini olishga yordam berdi

TOShKENT, 16-may — Sputnik. Tojikiston xavfsizlik xizmati Rossiyada bir necha teraktlar oldini olishga yordam berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.  

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati JCh-2018 arafasida terakt uyushtirishni rejalashtirayotgan terrorchilarni qo‘lga oldi.

Terrorchilar chempionat arafasida Moskva va Sankt-Peterburgda teraktlar uyushtirib, JCh-2018ga kelishni rejalashtirayotgan futbol muxlislarini qo‘rqitishni maqsad qilishgan.

Markaziy osiyolik bo‘lgan terrorchilar turar joylari tintuv qilinganda qo‘lbola portlovchi moslamalar, avtomat, pistolet va jangovar granatalar topilgan.

FSB xabariga ko‘ra, terrorchilar Rossiyada ta’qiqlangan IShID guruhi a’zolari bo‘lishgan. Ular Yaqin Sharq va Rossiyadagi terrorchi guruh rahbarlaridan bevosita buyruqlar olib turgan. Terrorchilarni qo‘lga olishda Rossiya IIV, Tojikiston va Qirg‘iziston kuch tizimlari ishtirok etgan.

Yangiliklar lentasi
0