Siyosat

BMT jahondagi muammolarni hal qila olmaydi, dedi Erdoʻgʻon

© AFP 2018 / Adem AltanRedjep Tayip Erdogan
Redjep Tayip Erdogan - Sputnik Oʻzbekiston
Erdoʻgʻon BMTni oʻz vazifasini oʻtab boʻlgan tashkilot, deb atamoqda. "Agar Isroil zulmiga javob qaytarilmasa, dunyoda tez orada kallakesarlar hukmronlik qilayotgan xaos yuzaga keladi", - dedi turk rahbari

TOSHKENT, 16 may — Sputnik. Turkiya prezidenti Toyib Erdoʻgʻon BMTni jahondagi muammolarni hal etishga qodir emaslikda aybladi. Bu bayonot Gʻazo sektoridagi toʻqnashuvlardan soʻng tashkilot tomonidan harakatsizlikka yoʻl qoʻyilgani tufayli jarang topdi.

Premyer-ministr Izrailya Benyamin Nitanyaxu - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Isroilga "axloqni oʻrgatma", deb maslahat berdi Netanyaxu Erdoʻgʻonga
Erdoʻgʻonning soʻzlariga koʻra, tashkilot oʻz vazifasini oʻtab boʻlgan va qudratini yoʻqotgan. Turkiya prezidenti fikricha, xalqaro hamjamiyat huquq va erkinliklari oyoq osti qilingan falastinliklar oldida ikkiyoqlama standartlardan foydalanmoqda.

"Agar ushbu hujumlar boshqa bir hududda yuz berganida edi, u holda butun dunyoda noroziliklarni keltirib chiqargan boʻlardi. Ammo, afsuski, dunyo hamjamiyati Isroilning falastinliklarga qarshi harakatlariga bepisandlik bilan munosabatda boʻldi", — deb bayonot qildi Erdoʻgʻon kechki payt Roʻza iftorligida, deb yozadi RIA Novosti

Turkiya prezidenti soʻzlariga koʻra, Falastinning tinch aholisiga nisbatan Isroil hukumati harakatlari toʻxtashi uchun dunyo hamjamiyati bor harakatini ishga solmogʻi lozim.

"Agar Isroil zulmiga javob qaytarilmasa, dunyoda tez orada kallakesarlar hukmronlik qilayotgan xaos yuzaga keladi", — dedi turk rahbari.

Ilgariroq Erdoʻgʻon AQShni Isroilga sherikchilik qilayotganda ayblagan edi. Uning fikricha, Vashington oʻz elchixonasini Iyerusalimga koʻchirish qarori bilan Tel-avivga erk bergan.

Gʻazo sektoridagi noroziliklar

Gʻazo sektorida noroziliklar aktsiyasi dushanba kuni boshlandi. Isroil askarlari tomonidan namoyishchilarga qarata ayovsiz oʻt ochildi. Toʻqnashuvlarda 61 falastinlik halok boʻldi, mingdan ziyod bolalar jarohatlandi. Falastin va Turkiyada uch kunlik motam eʼlon qilindi.

Sal keyin ushbu davlatlar AQShdan oʻz elchilarini chaqirtirib oldilar.

Vashingtondagilar ushbu toʻqnashuvlarda halok boʻlganlarni terrorchilar deb hisoblashini maʼlum qildi. Rossiya TIV bu bayonotni tahqirlovchi bayonot deb chiqdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala