BMT jahondagi muammolarni hal qila olmaydi, dedi Erdo‘g‘on

© AFP 2023 / Adem AltanRedjep Tayip Erdogan
Redjep Tayip Erdogan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Erdo‘g‘on BMTni o‘z vazifasini o‘tab bo‘lgan tashkilot, deb atamoqda. "Agar Isroil zulmiga javob qaytarilmasa, dunyoda tez orada kallakesarlar hukmronlik qilayotgan xaos yuzaga keladi", - dedi turk rahbari

TOShKENT, 16-may — Sputnik. Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on BMTni jahondagi muammolarni hal etishga qodir emaslikda aybladi. Bu bayonot G‘azo sektoridagi to‘qnashuvlardan so‘ng tashkilot tomonidan harakatsizlikka yo‘l qo‘yilgani tufayli jarang topdi.

Premyer-ministr Izrailya Benyamin Nitanyaxu - Sputnik O‘zbekiston
Isroilga "axloqni o‘rgatma", deb maslahat berdi Netanyaxu Erdo‘g‘onga
Erdo‘g‘onning so‘zlariga ko‘ra, tashkilot o‘z vazifasini o‘tab bo‘lgan va qudratini yo‘qotgan. Turkiya prezidenti fikricha, xalqaro hamjamiyat huquq va erkinliklari oyoq osti qilingan falastinliklar oldida ikkiyoqlama standartlardan foydalanmoqda.

"Agar ushbu hujumlar boshqa bir hududda yuz berganida edi, u holda butun dunyoda noroziliklarni keltirib chiqargan bo‘lardi. Ammo, afsuski, dunyo hamjamiyati Isroilning falastinliklarga qarshi harakatlariga bepisandlik bilan munosabatda bo‘ldi", — deb bayonot qildi Erdo‘g‘on kechki payt Ro‘za iftorligida, deb yozadi RIA Novosti

Turkiya prezidenti so‘zlariga ko‘ra, Falastinning tinch aholisiga nisbatan Isroil hukumati harakatlari to‘xtashi uchun dunyo hamjamiyati bor harakatini ishga solmog‘i lozim.

"Agar Isroil zulmiga javob qaytarilmasa, dunyoda tez orada kallakesarlar hukmronlik qilayotgan xaos yuzaga keladi", — dedi turk rahbari.

Ilgariroq Erdo‘g‘on AQShni Isroilga sherikchilik qilayotganda ayblagan edi. Uning fikricha, Vashington o‘z elchixonasini Iyerusalimga ko‘chirish qarori bilan Tel-avivga erk bergan.

G‘azo sektoridagi noroziliklar

G‘azo sektorida noroziliklar aksiyasi dushanba kuni boshlandi. Isroil askarlari tomonidan namoyishchilarga qarata ayovsiz o‘t ochildi. To‘qnashuvlarda 61 falastinlik halok bo‘ldi, mingdan ziyod bolalar jarohatlandi. Falastin va Turkiyada uch kunlik motam e’lon qilindi.

Sal keyin ushbu davlatlar AQShdan o‘z elchilarini chaqirtirib oldilar.

Vashingtondagilar ushbu to‘qnashuvlarda halok bo‘lganlarni terrorchilar deb hisoblashini ma’lum qildi. Rossiya TIV bu bayonotni tahqirlovchi bayonot deb chiqdi.

Yangiliklar lentasi
0