Kubadagi aviahalokat tafsilotlari: 3 ayol tirik qoldi, 107 kishi halok bo‘ldi

© AFP 2023 / Adalberto ROQUE / AFPNa meste krusheniya samoleta Boeing 737 aviakompanii Cubana de Aviacion, Kuba, Gavana 18-maya 2018 goda
Na meste krusheniya samoleta Boeing 737 aviakompanii Cubana de Aviacion, Kuba, Gavana 18-maya 2018 goda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Cubana de Aviacion kompaniyasiga qarashli Boeing 737 yo‘lovchilar samolyoti Gavana aeroportidan uchgach bir necha soniyadan keyin halokatga uchragan. Uning bortida 110 kishi bo‘lgan

TOShKENT, 19-may — Sputnik. Boeing 737-200 samoleti Gavanada halokatga uchradi. Samolyot bortida 104 nafar yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a’zolari — jami 110 kishi bo‘lgan. Uch nafar ayol tirik qolishga muvaffaq bo‘lgan. Ular o‘ta og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limida yotishibdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Terakt, gvozdiki - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Kuba rahbariga hamdardlik bildirdi
Cubana de Aviacion kompaniyasi Meksikaning  Global Air kompaniyasidan ijaraga olgan Boeing 737-200 samolyoti havoga ko‘tarilgach bir necha soniyadan so‘ng halokatga uchradi. Samolyot Gavanadan Olginga reysni amalga oshirayotgan bo‘lgan. U Xose Martini xalqaro aeroporti va Gavanaga yaqin bo‘lgan Santyago-de-las-Vegas shahar oldi hududidagi qishloq xo‘jaligi ekinlari ustiga qulagan.

Yo‘lovchilar orasida besh nafar chet elliklar bo‘lgan, qolgan yo‘lovchilar kubaliklar. Ekipaj a’zolari Meksikadan bo‘lgan.

Keyin olingan ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlarning ikki nafari argentinalikligi aniqlangan.

Guvohlarning aytishicha, samolyot havoga ko‘tarilganidan keyin aeroportga qaytishga harkat qilgan, ammo elektruzatgich liniyalariga borib urilgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, ilk qutqaruvchilar hodisa joyiga halokatdan keyin 12 daqiqa o‘tgach yetib kelishgan.

Ayni vaqtda Gavanadagi Xose Marti aeroportining barcha terminallari o‘z ishini davom ettirmoqda.

Hodisadan keyin to‘rt kishi tirik holatda aniqlangan — bir erkak va uch ayol. Erkak kasalxonaga olib ketilayotgan mahalda jon bergan, ayollar og‘ir ahvolda Kaliksto Garsiya nomidagi kasalxonaning jonlantirish bo‘limiga keltirilgan.

Jarohatlanganlarda ko‘plab sinishlar, shishlar va kuyish holatlari aniqlangan. Ularga reanimatologlar, jarrohlar, nevrologlar, ortopedlar va boshqa mutaxassislar yordam ko‘rsatmoqda.

Meksika Transport vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, samolyotning yoshi 39da bo‘lgan. U 1979-yilda ishlab chiqarilgan va faoliyat ko‘rsatish uchun barcha zarur ruxsatnomalarga ega bo‘lgan.

Kuba Davlat kengashi va Vazirlar kengashi raisi Migel Dias-Kanel aviahalokat holati bo‘yicha tergov ishlari olib borilishi haqida bayonot bergan va halok bo‘lganlarning yaqinlariga ta’ziya izhor qilgan. Qora qutilar hozircha topilmagan.

Shu paytgacha olingan ma’lumotlarga ko‘ra, texnik nosozlik aviahalokat sababi sifatida taxmin qilinmoqda.

Kuba Davlat kengashi mamlakatda rasman motam e’lon qildi. 19-may kuni ertalabki 6dan 20-may yarim tunga qadar barcha hukumat organlari va harbiy obyektlarda bayroqlar tushirilgan holatda bo‘ladi.

Hodisa tufayli Kuba davlati Hukumatiga O‘zbekiston, Rossiya, Meksika, Fransiya, Belarus, Venesuela, Ispaniya va boshqa ko‘plab mamlakat rahbarlari o‘z hamdardlik telegrammalarini yo‘llaganlar.

Yangiliklar lentasi
0