Pentagon: O‘rta Osiyodagi "ID" tahdidi Moskva propagandasidan boshqa narsamas

Obuna bo‘lish
"Rossiya har qanday imkoniyatdan AQSh va uning markaziy osiyolik sheriklari o‘rtasiga dushmanlik urug‘ini sochish uchun foydalanmoqda. IShIDning Markaziy Osiyoni bosib olishga urinishlari haqidagi asossiz ayblovlar propagandadan boshqasimas", deb aytdi Pentagon vakili

TOShKENT, 19-may — Sputnik. Pentagon Rossiyaning Markaziy osiyo mamlakatlarida "Islom davlati" terrorchilik uyushmalari tarqalishi  haqidagi xavfsirashlariga qo‘shilmaydi. Amerika harbiylari fikriga ko‘ra, bu singari bayonotlar "Rossiya propagandasi", xolos.

Amerikanskiy flag. Vashington - Sputnik O‘zbekiston
AQSh razvedkasi: "ID" xavfi tufayli Rossiyaning Markaziy Osiyoda mavqeyi mustahkamlanadi
Ilgariroq Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Oleg Siromolotov Afg‘oniston xalqaro terrorizmning tayanch bazasiga aylanayotgani haqida o‘z havotirlarini bildirgan edi. Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, bu mamlakatda faol "ID" jangarilari soni 4 mingdan 10 ming nafargacha. Siromolotov terrorchilar qonuniy Hukumatlarni ag‘darishni, Markaziy Osiyo va Rossiya davlatlari hududlarini bosib olishni, shuningdek, "Shimoliy Xuroson" kvazidavlatini barpo etish haqidagi maqsadlarini ochiq bayon etayotganlarini ta’kidlab o‘tgan edi.

Ammo Amerika harbiy muassasasi Moskvaning bu hadiklarini "asossiz", deb hisoblamoqda.

"Rossiya AQShning Afg‘onistondagi urinishlarini yo‘qqa chiqarish uchun IShID borasida global havotirlarni avj oldirishda davom etmoqda. Rossiya  har qanday imkoniyatni qidirib topib, AQSh va bizning markaziy osiyolik sheriklarimiz o‘rtasiga dushmanlik urug‘ini sochish uchun foydalanmoqda. IShIDning Markaziy Osiyoni bosib olishga urinishlari haqidagi asossiz ayblovlar propagandadan boshqasimas", — degan  RIA Novostiga Pentagon matbuot-xizmati vakili podpolkovnik Kon Folkner.

Ammo muassasa vakili Afg‘onistondagi "islom davlati" terrorchilarining umumiy soni haqida gapirishdan bosh tortgan va AQSh Afg‘onistonlik hamkorlari bilan birgalikda mamlakatda "ID" sonini qisqartirish borasida o‘z ishini davom ettirishini ta’kidlagan.

Shu bilan birga Pentagon vakili Rossiya o‘z hududida terrorizmga qarshi kurash borasida yetarlicha choralar ko‘rmayotganini qo‘shimcha qilganlar.

Yangiliklar lentasi
0