Qozog‘istonning Quddus bo‘yicha pozitsiyasi aytildi

© Sputnik Kazaxstanglava MID Kazaxstana Kayrat Abdraxmanov
glava MID Kazaxstana Kayrat Abdraxmanov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Islom Hamkorlik tashkilotining amaldagi raisi Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on tashabbusi bilan chaqirilgan favqulodda sammitda Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri ham ishtirok etdi

TOShKENT, 19-may — Sputnik. Turli etnik va diniy guruhlar uchun ota uyi bo‘lib ketgan Quddusning tarixiy maqomini o‘zgartirishga harakat qilish, Yaqin Sharqdagi barqarorlikka tahdid soladi, deb bayonot qildi Qozog‘iston TIV rahbari Kayrat Abdraxmanov.

Uchastniki protestov na territorii Ramalli v Palestine protiv resheniya SShA o priznanii Iyerusalima stolitsey Izrailya - Sputnik O‘zbekiston
Gvatemala AQShga taqlid qilib o‘z elchixonasini Quddusga ko‘chirdi
Qozog‘iston TIV rahbari 2018-yil 14-may kuni G‘azo sektorida yuz bergan hodisalar tufayli Islom Hamkorlik tashkilotining amaldagi raisi Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on tashabbusi bilan chaqirilgan IHT favqulodda sammitida ishtirok etdi.

Qozog‘iston TIV matbuot-xizmati tomonidan shanba kuni tarqatilgan press-relizga ko‘ra, Qozog‘iston tomon Falastinda holatning ziddiylashuvidan tashvishdaligini bildirgan. Shuningdek, tinch aholiga nisbatan qurollangan kuchning ishlatilishini nomuvofiq deb atagan va xalqaro hamjamiyatni ushbu zo‘ravonlikni zudlik bilan to‘xtatish uchun bor choralarni ko‘rishga da’vat qilgan.

"Qozog‘iston Tashvi ishlar mahkamasi Quddus turli etnik va diniy qarashlar vakillari uchun ota uyi ekanligini, bu yerda falastinliklar va isroilliklar bir-birining yashashga bo‘lgan huquqini hurmat qilishlari lozimligini ta’kidlab o‘tgan", — deb qayd etilgan press-relizda.

Redjep Tayip Erdogan - Sputnik O‘zbekiston
BMT jahondagi muammolarni hal qila olmaydi, dedi Erdo‘g‘on
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, "ushbu huquqni shubha ostiga qo‘yishga, shuningdek, shaharning tarixiy maqomini o‘zgartirishga bo‘lgan harakat Yaqin Sharqda tinchlik va barqarorlikni tahdid ostiga qo‘yadi"

Qozog‘iston TIV rahbari mamlakat BMT Bosh Assambleyasi va Xavfsizlik Kengashi tomonidan chiqarilgan qarorlar va rezolyutsiyalar bajarilishi tarafdori ekanligini yana bir bor eslatib o‘tgan hamda Qozog‘iston Yaqin Sharqdagi vaziyat konstruktiv siyosiy muloqot doirasida tez fursatda, to‘laqonli va keng qamrovli tartibga solinishi tarafdori ekanligi ta’kidlagan.

Vazir Isroil va Falastin rahbariyatini hamda barcha manfaatdor tomonlarni ikki davlatning tinch totuv yashashiga imkon yaratadigan siyosiy yechimni topishda aniq qadamlarni ta’minlashga chorlagan.

Yangiliklar lentasi
0