Iqtisod

Oʻrmon xoʻjaligi yerlarida pista, yongʻoq va loviya yetishtirish mumkin - prezident

© Press-slujba prezidentaOrexi i fistashki mojno vыrastit na zemlyax Lesnogo xozyaystva
Orexi i fistashki mojno vыrastit na zemlyax Lesnogo xozyaystva - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga boʻlgan tashrifi davomida oʻrmon xoʻjaliginining boʻsh turgan yerlarda pista, yongʻoq, loviya kabi mahsulotlar yetishtirish mumkinligi haqida aytib oʻtdi.

TOSHKENT, 20 may — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatida 2018-2019 yillarda oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. 

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga boʻlgan oʻtgan yilgi tashrifi davomida, Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot institutining Andijon filialini tashkil etish boʻyicha topshiriq bergan edi.

© Press-slujba glavы UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Oʻrmon xoʻjaligi institutining Andijon filialida
Shavkat Mirziyoyev v Andijanskom filiale Nauchno-issledovatelskogo instituta lesnogo xozyaystva. - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev Oʻrmon xoʻjaligi institutining Andijon filialida

Ayni damda ushbu filial tashkil etilgan va ilmiy xodimlar tomonidan viloyatda oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha qator loyihalar ishlab chiqilgan.

Xususan, 2016  yilda oʻrmon xoʻjaligi yerlarining 8 gektarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirilgan boʻlsa, joriy va kelgusi yilda bu koʻlam 830 gektarga yetkaziladi. Adir va togʻoldi hududlarida koʻplab doimiy va mavsumiy ish oʻrinlari yaratiladi. 

"Oʻrmon xoʻjaligi yerlarida foydalanilmayotgan imkoniyat koʻp. Masalan, pista, yongʻoq, noʻxot, loviya kabi xaridorgir mahsulotlar, zaʼfaron, naʼmatak va boshqa dorivor oʻsimliklardan qancha daromad olsa boʻladi! Asal yetishtirish ham mumkin. Faqat ilm, izlanish, harakat kerak. Vaqti kelib, oʻrmon xoʻjaligi alohida yirik sohaga aylanishi zarur", — dedi Prezident.

Viloyatda baliqchilikni rivojlantirish masalasiga ham eʼtibor qaratildi. Joriy yilda 11 tumanda yangi hovuzlar barpo etish, aholi tomorqalari hamda sholi maydonida Xitoy va Vyetnam texnologiyasi asosida baliq yetishtirish rejalashtirilgani qayd etildi.

© Press-slujba prezidentaAndijon viloyatida yongʻoq plantatsiyalari barpo etish boʻyicha reja
Plan po sozdaniyu orexovqx plantatsiy v Andijanskiy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Andijon viloyatida yongʻoq plantatsiyalari barpo etish boʻyicha reja
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala