Paragvay AQSh va Gvatemala ortidan o‘z elchixonasini Quddusga ko‘chirdi

© Sputnik / Axmet Abed / Mediabankka o‘tishAksii protesta na granitse sektora Gaza i Izrailya
Aksii protesta na granitse sektora Gaza i Izrailya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ochilish marosimida Paragvay prezidenti Orasio Kortes va Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu qatnashdilar

TOShKENT, 21-may — Sputnik. Shahar maqomi hali hal etilmagan masala bo‘lib qolayotganiga qaramay, Paragvay Isroildagi o‘z elchixonasini Quddusga ko‘chirgan uchinchi davlatga aylandi.

Prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan - Sputnik O‘zbekiston
Islom dunyosi Quddus bo‘yicha imtihondan o‘ta olmadi, deb bayonot qildi Erdo‘g‘on

Lotin Amerikasi davlati o‘tgan haftada Quddusda o‘z diplomatik missiyalarini ochgan AQSh va Gvatemalaga taqlid qildi.

Ochilish marosimida Paragvay prezidenti Orasio Kortes va Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu qatnashdilar. Ilgari Tel-Aviv yaqinidagi  Gerslii-Pituax shahrida joylashgan bo‘lgan elchixona gvatemalaliklarga qo‘shni bo‘lgan "Malxa" texnoparkidan joy oldi.

Boshqa mamlakatlar Quddusning hal etilmagan maqomi tufayli hozircha o‘z elchixonalarini Tel-Avivda qoldirishmoqda.

Isroil Quddusni Iordaniyadan yarim asr oldin ajratib olingan va keyinchalik anneksiya qilingan sharqiy tumanlari va tarixiy markazi bilan qo‘shib o‘zining "yagona va bo‘linmas" poytaxti deb atab keladi. Dunyo hamjamiyatining asosiy qismi anneksiyani tan olmaydi va Sharqiy Quddusni Iordan darosining G‘arbiy qirg‘og‘i bilan qo‘shgan holda okkupatsiya qilingan hududlar, deb biladi.

Yangiliklar lentasi
0