Kutilmagan yulduzlar: migrant futbolchilar Peterburgni hayratda qoldirdi

Obuna bo‘lish
Sputnik muxbiri Sankt-Peterburg havaskor futbol ligasida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar bilan muloqotda bo‘ldi.

TOShKENT, 21-may — Sputnik, Dmitriy Matveyev. Sankt-Peterburgning eng kuchli futbol turnirlaridan biri hisoblangan “Sporting-liga” futbol turnirida yaqinda bir jamoa paydo bo‘ldi. Liganing boshlang‘ich (uchinchi) divzioniga kirib kelgan yangi jamoa ketma-ket 7ta g‘alaba qozonib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri final o‘yiniga yetib kelishdi.

Yangi paydo bo‘lgan “Lenta” jamoasi tarkibida 6 nafar mehnat migranti bor. Jamoa homiysi Rossiyada keng tarqalgan “Lenta” nomli supermarketlar tarmog‘i.  Sputnik muxbiri jamoa rahbari va ikki nafar futbolchi bilan suhbatda bo‘ldi.

© Foto: Pavel Putinsev/VK"Lenta" havaskor futbol jamoasi
Kutilmagan yulduzlar: migrant futbolchilar Peterburgni  hayratda qoldirdi - Sputnik O‘zbekiston
"Lenta" havaskor futbol jamoasi

Shuni aytib o‘tish kerak-ki, bugungi kunda Rossiya havaskor futboli jamolar soni, o‘yin darajasi, klublar orasidagi raqobat bo‘yicha ancha yuqorilab ketgan. Ko‘p hollarda jamoalar o‘z tarkibiga sobiq professional futbolchilarni taklif qilinmoqda.

Havaskor jamoalar o‘yinchilari esa doimiy maosh yoki yaxshigina pul mukofotlari olishadi. Matchlar videotasvirga tushiriladi, ba’zan hatto jonli efirda translyatsiya olib boriladi.

Sbornaya Uzbekistana - pobeditel turnira Budushee zavisit ot tebya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston termasi - jahon chempioni

"Sporting-liga" turniri Ole Promo turniri bilan birgalikda Sankt-Peterburgdagi eng kuchli havarskor turnirlaridan biridir. Ushbu turnir o‘yinlarida har bir jamoadan faqat 7 kishi ishtirok etadi. Oldin bir pog‘ona past turnirlarda o‘ynagan “Lenta” jamoasi “Sporting-liga”na kelishi bilanoq ketma-ket besh g‘alabani qo‘lga kiritib ¼ finalga chiqishdi. U yerda kuchli “Rayffayzenbank” jamoasini mag‘lubiyatga uchratib yarim finalga yo‘l olishdi. Yarim finalda ham “Aeropost” jamoasini mag‘lubiyatga uchratib, finalga chiqishdi.

Piter havaskor futbol dunyosini  bunday kuchli debut hayratga soldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Jamoaga muxlislar diqqat bilan qaray boshladi, lekin uning tarkibida esa birorta ham mashhur sobiq futbolchi yoki boshqa mashhur familiya yo‘q edi.

© Foto: Pavel Putinsev/VK"Lenta" rahbari Pavel Putinsev
Kutilmagan yulduzlar: migrant futbolchilar Peterburgni  hayratda qoldirdi - Sputnik O‘zbekiston
"Lenta" rahbari Pavel Putinsev

Jamoa rahbari Pavel Putinsev aytishiga qaraganda, uning qo‘l ostida 7 nafar o‘zbekistonlik migrant futbolchilar to‘p suradi. Ulardan 2 kishi oldin professional darajada futbol o‘ynagan, qolganlar - havaskor.

Jamoa a’zolari ishdan bo‘sh vaqtida, haftada ikki marotaba mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Mashg‘ulotlar jiddiy sport trenirovkasiga o‘xshamaydi, futbolchilar o‘z huzurlari uchun zavq bilan mashg‘ulot o‘tkazishadi. Bu ularga jismoniy holatini saqlab turish imkonini beradi.

“Biz o‘zimiz ishtirok etayotgan barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz va hozircha buning uddasidan chiqayapmiz. Mening niyatim, ushbu yigitlar futbol orqali pul ishlab topishiga imkoniyat yaratish va nafaqat havaskorlik darajasida”, - dedi jamoa rahbari.

“Lenta” jamoasining asosiy hujumchi kuchi - Toni Atajanov va yarim himoyachi Begzod Begaliyev. “Sporting-liga”dagi jamoaning birinchi yetti o‘yinida ular ikkovlon 23ta gol urishga muvaffaq bo‘lishdi.

26 yoshli Toni Atajanov Toshkentda tug‘ilib o‘sgan. O‘zbekistonda u olimpiya zahiralari sport maktabida o‘qigan va uni 2010-yilda tugatgan. O‘zbekistonda u "Chirchik" futbol klubida to‘p surgan. Toni Rossiyaga 2011-yilda ishlash maqsadida kelgan. Ayni damda u qurilishda va “Lenta” magazinida ishlaydi.

© Foto: Toni Atajanov /VKToni Atajanov
Kutilmagan yulduzlar: migrant futbolchilar Peterburgni  hayratda qoldirdi - Sputnik O‘zbekiston
Toni Atajanov

“Rossiyaga kelishimga ota-onam qarshi dastlab qarshi edilar.  Hozir esa unday emas. Otam futbol o‘ynayotganimni eshitib xursand bo‘ldidar, chunki o‘zlari ham sobiq futbol ustozi”, - deydi Toni.

Toni ishdan keyin Peterburgdagi oddiy hovli stadionlaridan birida futbol o‘ynab yurgan.  U yerda uning yaxshi o‘yinchi ekanligini payqab qolishgan va boshlang‘ich havaskor ligalardan biriga taklif qilishgan.

24 yoshli Begzod Begaliyev Qo‘qonda tug‘ilgan. O‘zbekistonda u  "Qo‘qon -1912" jamoasining dubli tarkibida futbol o‘ynagan. Begzod aytishiga qaraganda, kattalar futboliga (super liga) o‘tish uchun undan pora talab qilishgan. Shuning uchun u futbolda karyerasini davom yetkiza olmagan.

© FOto: Begzod Begaliyev/ VKBegzod Begaliyev
Kutilmagan yulduzlar: migrant futbolchilar Peterburgni  hayratda qoldirdi - Sputnik O‘zbekiston
Begzod Begaliyev

2015 yilda Begzod Rossiyaga ko‘chib o‘tadi. Dastlab u reklama bilan shug‘ullanadigan kompaniyada ishlaydi. Keyinchalik havaskor futbol orqali Pavel Putinsev blan tanishib qolgan va “Lenta” jamoasi a’zosiga aylangan.

Begzod O‘zbekistonni sog‘inadi, har yili o‘yiga borib kelib turadi. U yerda uning ota-onasi va ikkita singlisi va qarindoshlari bor.

O‘zbekistonlik ikkala futbolchi ham “Lenta” jamoasi bilan yuqori natijalarga erishishiga ishonadi. Kelajakda biz ushbu ikki futbolchini umumrossiya professional futbolda ham ko‘rsak ajab emas. Ularning yoshligi professional o‘sish uchun katta imkoniyat yaratadi.

Yangiliklar lentasi
0