Jamiyat

Oʻzbekistonda 1 yanvardan polietilen paketlarni bepul tarqatish taqiqlanadi

© Fotolia / NakaJenщina s paketom produktov
Jenщina s paketom produktov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Xalqaro tajribadan kelib chiqib, tsellofan paketlarini 40 mikrongacha ishlab chiqarish va import qilish taqiqlandi.

TOSHKENT, 21 may — Sputnik. Oʻzbekistonda 1 yanvardan polimer plyonkadan tayyorlangan plastik paketlarni bepul tarqatish taqiqlanadi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri prezident qaroriga asoslangan holda.

Keyingi yildan boshlab sotuvchilarga mahsulot sotib olgan xaridorlarga bepul polietilen paketlarni taqdim etish taqiqlanadi. Bundan tashqari, sotib olinayotgan mahsulotlar narxiga paketlar qiymatini qoʻshish yoki ularni tannarxidan past narxlarda sotish ham taqiqlanadi.

Davlat ekologiya qoʻmitasiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birga xorij tajribasi va jamoatchilik muhokamasini hisobga olib, 2020 yilning 1 yanvariga qadar foydalanish xususiyatini yoʻqotganidan soʻng atrof-muhitga zarar yetkazadigan, ishlab chiqariladigan va import qilinadigan tovarlar guruhiga ekologik yigʻimni joriy qilish yuzasidan asoslangan takliflar kiritish vazifasi topshirilgan.

Problema utilizatsii musora - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda polietilen paketlar pulli boʻladi

Shuningdek, mamlakat hududida qalinligi 40 mikrondan kam boʻlgan polimer plyonkadan paketlar ishlab chiqarish taqiqlanadi. Faqatgina biologik parchalanuvchi dastasiz polimer materiallardan tayyorlangan paketlar — mahsulotlarni qadoqlashning ajralmas qismi hisoblangan paketlar hamda turmushda foydalanish uchun sotiladigan oʻramlarga ruxsat beriladi.

Qaror bilan mamlakat boʻylab yangi chiqindi yigʻish punktlarini qurishga 29 milliard soʻm, ularning chiqindi konteynerlari bilan taʼminlanishiga esa 3,6 milliard soʻm ajratiladi.

2019-2021 yillarda "Toza hudud" avtoparki 590 ta chiqindi tashish mashinasi, 84 ta buldozer va 59 ta avtoyuklagich bilan toʻldiriladi.

Yangiliklar lentasi
0