Bog‘chada bolalar sog‘lig‘iga mas’ul bo‘lgan xodimlarning vazifalari tasdiqlandi

Obuna bo‘lish
Bolalar bog‘chasidan tashqaridagi barcha sayr va ekskursiyalar ichki ishlar organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

TOShKENT, 22-may — Sputnik. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning hayoti va salomatligini muhofaza qilishni tashkil etish to‘g‘risidagi nizom e’lon qilindi.

Obed v detskom sadu - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda bolalarni bog‘chaga qabul qilish tartibi o‘zgardi

Nizom talablariga ko‘ra, tarbiyalanuvchilarni maktabgacha ta’lim muassasasiga olib kelish va olib ketishda ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxs tarbiyalanuvchini shaxsan guruh tarbiyachisiga topshirishi, shuningdek uni olib ketishda guruh tarbiyachisi tarbiyalanuvchini uning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxsga topshirishi lozim.

Bolalar bog‘chasidan tashqaridagi barcha sayr va ekskursiyalar ichki ishlar organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Tarbiyalanuvchilar uchun bog‘cha hududidan tashqarida sayr yoki ekskursiyalar rejalashtirilganda maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari hamda tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar xabardor qilinishi shart.

Yujnokoreysi pomogut Uzbekistanu v sozdanii kontenta dlya doshkolnikov - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda bog‘cha bolalari uchun media materiallar tayyorlaydigan markaz paydo bo‘ladi

Tarbiyalanuvchi maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘lgan vaqtda sog‘lig‘ining yomonlashuvi, shuningdek boshqa noxush holatlar kuzatilgan hollarda maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari tomonidan zudlik bilan tibbiyot hamshirasiga, shuningdek tarbiyalanuvchining ota-onasiga yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga xabar beriladi.

Bunda tarbiyalanuvchining ota-onasi yoki ularning o‘rinini bosuvchi shaxslar yetib kelgunga qadar tibbiyot xodimi tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilishi lozim.

Tarbiyalanuvchilar maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘lgan vaqtda ularni yolg‘iz va nazoratsiz qoldirish taqiqlanadi.

Yangiliklar lentasi
0