Hodisalar

Toshkent yaqinida ayol kishining boʻlaklab ketilgan jasadi topildi

Janjal vaqtida gumondor goʻzallik saloni xodimasini yuziga kislota sepgan, soʻngra boʻyniga pichoq urgan va bolta yordamida tanasini boʻlaklagan

TOSHKENT, 22 may — Sputnik. Huquqni muhofaza qilish organlari "Chirchiq" daryosi boʻyida ayol kishining boʻlaklangan va polietilen qoplarga joylangan tana qismlarini aniqladilar, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Vodnыy kanal, protekayuщiy ryadom s mnogoetajnыmi domami v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Toshkentdagi Boʻzsuv kanalidan ayol kishining jasadi topildi

Tergov ishlari davomida jasad Toshkent shahri Sirgʻali tumanidagi Abror style goʻzallik salonida ishlagan fuqaro N.M.ga tegishli ekanligi aniqlangan. Ayol 2018 yilning 16 fevralida dom-daraksiz yoʻqolgan. Guvohlarning soʻzlariga koʻra, N.M. notanish ayol bilan salondan chiqqan va nomaʼlum tomonga qarab ketgan.

"Koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida maʼlum boʻldiki, Toshkent shahar Sirgʻali tumanida roʻyxatdan oʻtgan fuqaro M.A. janjal davomida N.M.ni oʻldirgan. Gʻazablangan ayol N.M.ning yuziga uksus kislotasini sepgan, ayolning yelkasi va boʻyniga pichoq urgan, soʻngra bolta yordamida chavoqlagan", — deb xabar qildi IIV.

Shundan soʻng ayol tananing asosiy qismini "Chirchiq" daryosiga uloqtirgan, tananing qolgan qismlarini esa polietilen qoplarga joylab, daryo qirgʻogʻidagi oʻtlar orasiga tashlab ketgan. Ayni vaqtda M.A huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qoʻlga olingan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala