Bu yil maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” yangicha tartibda o‘tkaziladi - Xalq ta’limi vazirligi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishPrazdnovanie poslednego zvonka v Rossii
Prazdnovanie poslednego zvonka v Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tadbirlar 25-may kuni respublikaning barcha maktablarida ertalab soat sakkiz yarimda boshlanadi va soat o‘nda yakunlanadi.

 

TOShKENT, 23-may – Sputnik. 25-may kuni respublikadagi barcha umumta’lim maktablarida “Dunyoda eng katta boylik-yoshlikda olingan bilim va egallangan kasb-hunardir” g‘oyasi ostida o‘quv yili yakunlariga bag‘ishlangan tantanali saflanish tadbirlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda bildirilishicha, tadbirlar 25-may kuni respublikaning barcha maktablarida ertalab soat 8 yarimda boshlanadi va soat 10da yakunlanadi.

Tadbirlarda 2017-2018 o‘quv yilini yakunlash, kelgusi o‘quv yilidan boshlang‘ich sinflarda haftasiga 5 kunlik o‘qish tizimiga to‘liq o‘tilishi to‘g‘risida, 11-yillik umumiy o‘rta ta’lim tizimi haqida ota-onalar, mahalla va keng jamoatchilikka ma’lumot berish, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Dunyoda eng katta boylik-yoshlikda olingan bilim va egallangan kasb-hunardir” degan iborasi mazmun-mohiyatini o‘quvchi-yoshlarga yetkazishga e’tibor qaratiladi.

O‘quv yili davomida respublika va xalqaro fan olimpiadalari, musiqa tanlovlari va sport musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan, bilimlar bellashuvi, innovatsion olimpiada va “Umid niholari”da faol qatnashgan o‘quvchilar, a’lo baholarga o‘qigan, namunali xulqqa ega bo‘lgan, bosqichli nazorat imtihonlaridan ozod bo‘lgan yoshlar shu kuni faxriy va maqtov yorliqlari bilan taqdirlanadi.

Qayd etilishicha, joriy yilda respublikadagi 9 628 ta umumta’lim maktablarining 475 276 nafar 9-sinf bitiruvchilarini 11-yillik ta’lim tizimining 10-sinfiga va akademik litseylarning birinchi bosqichiga qamrab  olinadi.

Yangiliklar lentasi
0