Buxorodan Turkmanistonga o‘tadigan chegara posti ochildi

© SputnikPogranichnik na uchastke granisi, arxivnoe foto
Pogranichnik na uchastke granisi, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olot chegara posti rekonstruksiyasiga 18 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi

TOShKENT, 23-may — Sputnik. Olot chegara-bojxona posti ochildi, deb xabar qildi Buxoro hokimligi matbuot-xizmati.

Preziden Shavkat Mirziyoyev prinyal v rezidensii Kuksaray Turkmenbashi Gurbanguli Berdimuxammedova - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: Turkmaniston bilan muhokama etilmagan masalalar qolmadi
"Mamlakatimiz rahbarining tashabbuslari bilan keyingi yillarda, tashqi siyosatimizda chet el mamlakatlari, birinchi galda qo‘shni davlatlar bilan ochiq, konstruktiv va o‘zaro manfaatga asoslangan munosabatlar o‘rnatilmoqda.

Ayniqsa, qo‘shni Turkmaniston Respublikasi bilan do‘stlik aloqalarimiz uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek "O‘zbekiston va Turkmaniston — strategik sheriklardir. Bizning xalqlarimizni ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari, umumiy tarix, din va til, madaniyat, urf-odat va an’analar mushtarakligi mustahkam bog‘lab keladi".

Mana shunday do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik aloqalarining davomi sifatida Buxoro viloyatining Olot tumanida joylashgan Olot chegara-bojxona posti rekonstruksiya qilinib, butunlay yangicha qiyofa kasb etdi", — deyiladi xabarda.

Olot chegara posti rekonstruksiyasiga 18 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ sarflangan. Endilikda mazkur chegara punkti orqali sutka davomida o‘rtacha 700-900 nafar fuqarolarning davlat chegaralari orqali qatnovi hech bir muammosiz amalga oshirilmoqda, deb ta’kidlangan xabarda.

Bundan tashqari, bir kunda 250 tadan 400 tagacha yuk va engil transport vositalari davlat chegarasidan o‘tkazilayotgani qo‘shimcha qilingan.

Yangiliklar lentasi
0