Dunyo mamlakatlarida qanday tonirovkaga ruxsat berilgan?

© Sputnik / Ruslan KrivobokReyd GIBDD po viavleniyu avtomobiley s tonirovannimi steklami
Reyd GIBDD po viavleniyu avtomobiley s tonirovannimi steklami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avtomobil oynasini qoraytirish kerakmi? Bu xavfsizlikka qanday ta’sir qiladi? Dunyo mamlakatlarida qanday tonirovkaga ruxsat berilgan?

TOShKENT, 23-may – Sputnik. Avtomobillar oynasini qoraytirishga ruxsat berish haqidagi ommaviy murojat “Mening fikrim” portalida 10 mingdan ziyod ovoz to‘plab, Oliy Majlis muhokamasiga o‘tdi.

Bu portal tarixida parlament muhokamasiga o‘tish uchun yetarli ovoz to‘plagan birinchi murojaatnoma bo‘ldi. Shundan ko‘rinib turibdiki, ushbu mavzu juda dolzarb, tonirovka qilishni istaydiganlar soni juda ko‘p.

Xo‘sh, tonirovka o‘zi nima uchun kerak?

Birinchi va eng asosiy sabab – avtomobil salonini quyosh nurlari ta’siridan va qizib ketishidan himoya qilish.

Tonirovka avtomobilya  - Sputnik O‘zbekiston
Avtomobil oynasini qoraytirishga ruxsat berish haqidagi petitsiya 9500dan ortiq ovoz to‘pladi

Turli mamlakatlarda o‘tkazilgan tajribalarga ko‘ra, quyoshda qoldirilgan avtomobning old paneli 70 darjagacha qizib ketishi, salon harorati esa 55 darajagacha qizishi mumkin ekan. Tonirovka qilingan avtomobillarda  salon qizishi 5-10 % kamroq bo‘lar ekan.

Tajribalarda quyosh nuri asosan old oyna orqali kirib kelishi aniqlangan. Lekin, dunyoning aksariyat mamlakatlarida old oynani tonirovka qilish ta’qiqlangan. Bunday holda mutaxassislar parkovka vaqtida maxsus kumushrang parda bilan to‘sib qo‘yishni maslahat berishmoqda.

Tonirovkaning zarari bormi?

Quyoshdan himoya qiluvchi plenka, albatta oyning nur o‘tkazish qobiliyatini ham pasaytiradi. Ayniqsa yomg‘ir yoki qor yog‘ayotgan, havo bulut bo‘lgan vaqtlarda qoraytirilgan oyna orqali atrofni ko‘rish bir necha baravar yomonlashadi. Buning oqibatida xavfsizlik pasayadi. Aynan shu sababdan shimoliy davlatlarda old oynani tonirovka qilish ta’qiqlangan.

Avtomobil GAI - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda "ko‘rinmas" raqamli avtomobil ushlandi

Ikkinchidan, tonirovka qilingan avtomobil uning yoni va orqasidan harakatlanayotgan boshqa avtomobillar uchun ham, narigi tarafda nima bo‘layotgani ko‘rinmaydigan, “qora devor”ga aylanib qoladi.  Ba’zi hollarda bu xavfli bo‘lishi mumkin. Masalan, tonirovka qilingan avtomobil oldidan o‘tayotgan piyodani, uning yonidan harakatlanayotgan avtomobil haydovchisi eng so‘nggi damga qadar ko‘rmay qolishi mumkin.

Dunyo mamlakatlarida qanday tonirovkaga ruxsat berilgan?

Rossiya va Yevropa:

Old oyna — 75 %, oldingi yon oynalar – 70 % nur o‘tkazishi kerak.  Orqa oyna va orqa yon oynalar —  cheklanmagan. Faqat stop-signal orqa oyna ichiga o‘rnatilgan bo‘lsa uni yopish mumkin emas.

Fransiyada:

Reyd sotrudnikov UBDD Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
YPX xodimlari salon ichini ham suratga oladigan videokameralar bilan jihozlanadi

Old oyna tepasiga faqat eni 10 sm bo‘lgan qoraytirilgan plenka yopishtirish mumkin. Yon va orqa oynalarga faqar Fransiyada sertifikatsiyadan o‘tgan qoraytiruvchi plonkalar yopishtirish mumkin.

AQShda:

Alabamada – yon va orqa oynalar 32 % nur o‘tkazsa kifoya.

Alyaskada – oldingi oynalarni qoraytirish ta’qiqlangan, orqa oynalar 37 % nur o‘tkazishi kerak.

Kaliforniyada  - old oynaning yuqori qismida 10 sm, qoraytirish mumkin. Oldingi yon oynalar 70% nur o‘tkazishi kerak.  Orqa oynalar – istalgancha qoraytirilishi mumkin.

Floridada – Oldingi yon oynalar – 28 %, orqa oynalar  – 15 % nur o‘tkazsa kifoya.

Shu o‘rinda aytish joizki, tonirovka qilingan oyna orqali ko‘rish — qoraytiruvchi plonkaning sifatiga juda bog‘liq bo‘ladi. Bu borada yetakchi va tajribali kompaniyalar mahsulotidan foydalangan afzal.

Yangiliklar lentasi
0