Ekspert Senturin: O‘zbekiston dunyo gaz olamida munosib o‘ringa ega bo‘lishi mumkin

© Sputnik / Sergey MamontovYuriy Senturin
Yuriy Senturin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gaz eksport qiluvchi mamlakatlar forumi (GECF) bosh kotibi Yuriy Senturin fikriga ko‘ra, energiyaga talab ortib boradi va O‘zbekiston bu borada katta istiqbollarga ega.

TOShKENT, 23-may — Sputnik. Gaz eksport qiluvchi mamlakatlar forumi (GECF)  bosh kotibi Yuriy Senturin dunyo miqyosida O‘zbekiston gaz va energetik sektorlarining istiqbollariga izoh berdi.

“Muhim gaz zaxirasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston — mintaqaviy bozorda kamida muhim o‘yinchi hisoblanadi”, — deb hisoblaydi Senturin.

“O‘zbekiston hukumatida mavjud bo‘lgan rejalarda bu mamlakat gaz dunyosida munosib o‘rin egallashga qaratilgan intilishlarni aks etgan”.

Ekspert fikriga ko‘ra, mamlakatda qayta ishlash sanoati rivojlantirish va Xitoyning yangi gaz quvurini qurilishi hamda TAPI loyihasida respublikaning ishtirok etishi bunday o‘ringa chiqishga yordam beradi.  

Bundan avval “O‘zbekneftegaz” kompaniyasi kelgusi 10-yilda investitsiya loyihalar to‘plamini iyul oyida tasdiqlashi haqida xabar berilgandi. Hukumat va ishbilarmonlar tomonidan yirik loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy kompaniyalarni jalb qilish rejalashtirilmoqda.

Hozirgi vaqtda tarmoqni rivojlantirish bo‘yicha konsepsiya ishlab chiqilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0