Erdo‘g‘onning o‘g‘li O‘zbekistonga keldi

© Press-slujba NOK UzbekistanaSin Erdogana priletel v Uzbekistan
Sin Erdogana priletel v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bilol Erdo‘g‘onning O‘zbekistonga kelishidan asosiy maqsadi – ikki mamlakat orasida sport sohasida hamkorlikni rivojlantirish.

TOShKENT, 23-may — Sputnik. Bugun ertalab Turkiya Yoshlar fondi Oliy kengashi a’zosi Najmiddin Bilol Erdo‘g‘on boshchiligidagi Turkiya delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Mehmonlarni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Olimpiya qo‘mitasi rahbari Umid Axmedjanov, jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakram Isroilov va Turkiyaning O‘zbekistondagi  elchisi Axmet Bashar Shen kutib olishdi.

Tashrifning asosiy maqsadi – sport sohasida yangi loyihalarni amalga oshirish yo‘li bilan Turkiya va O‘zbekiston orasidagi hamkorlikni rivojlantirishdir.

Peregovori Uzbekistan Tursiya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Turkiya savdo aylanmasini 5 milliard dollarga yetkazishi mumkin

Tantanali kutib olish marosimidan so‘ng mehmonlar uchun poytaxt bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi. Turkiya delegatsiyasi Toshkentdagi “Xalqlar do‘stligi” saroyiga, Islom Karimov  memorial majmuasi hamda Amir Temur xiyoboniga tashrif buyurishdi.

Kunning ikkinchi yarmida Turkiya delegatsiyasi tezkor poyezdda Samarqandga yo‘l oladi. U yerda mehmonlar kamondan o‘q uzish bo‘yicha “Xalqaro Fetix kubogi” turniri doirasida Registon maydonida bo‘lib o‘tadigan anjumanda ishtirok etishadi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya prezidentining o‘g‘li Najmiddin Bilol Erdo‘g‘gon etnosport bo‘yicha umumjahon konfederatsiyasi rahbari hamda kamonchilar Fondi vasiylik kengashi raisi lavozimida ishlaydi.

Yangiliklar lentasi
0